21.10.2024 yildagi KQ-837-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 21.10.2024 yildagi KQ-837-IV-son
Kuchga kirish sanasi
21.10.2024
Hujjat 21.10.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyati toʻgʻrisida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyati toʻgʻrisida namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 11-dekabrdagi KQ-161-IV-sonli Qarorining 1-bandi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga tegishli Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomni 1-ilovadagi namunaviy nizom asosida qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tuzilmasini 2-ilovadagi namunaviy tuzilma asosida tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi mazkur Qaror ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-837-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-837-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA

Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi kotibiyati (bundan buyon matnda Kotibiyat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, uning asosiy vazifalari va funksiyalarini, Kotibiyat tizimida kadrlar bilan ishlash qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kotibiyat xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi), uning doimiy komissiyalari va deputatlari faoliyatiga tashkiliy, axborot-tahliliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, mahalliy Kengashning qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kotibiyat boshqa davlat organlaridan mustaqil boʻlib, bevosita mahalliy Kengashga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kotibiyat yuridik shaxs boʻlib, uning faoliyati tegishli mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning tuzilmasi, nizomi, shtatlar jadvali, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari mahalliy Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va oʻz nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kotibiyat oʻz faoliyatini mahalliy Kengash raisi hamda Kotibiyat mudiri rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kotibiyat xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mahalliy Kengashning vakolat muddatiga bogʻliq boʻlmaydi, bundan Kotibiyat mudiri mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kotibiyat mudiri mahalliy Kengash deputatlari orasidan uning vakolati muddatiga mahalliy Kengash raisi tomonidan tayinlanadi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat bosh mutaxassislari, yuriskonsulti (keyingi oʻrinlarda kotibiyat mutaxassislari) Kotibiyat mudirining tavsiyasiga asosan mahalliy Kengash raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kotibiyat mudiri bir vaqtning oʻzida haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas (ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyat bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kotibiyat mudiri oʻz vazifasini bajara olmaydigan hollarda uning vazifasini vaqtincha bajarish kelishuv asosida mahalliy Kengash raisi tomonidan mahalliy Kengash deputatlaridan biriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kotibiyatda hujjatlar bilan ishlash mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kotibiyat mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi, Kotibiyat mutaxassislari ishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari hamda Senat devonining boʻlinmalari bilan hamkorlikda ishlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash ish rejasi asosida sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalar boʻyicha tegishli hujjat loyihalarining puxta tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini kelishish jarayonini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun mahalliy Kengash raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashda ish yuritish belgilangan tartibda olib borilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat xodimlari malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy chora koʻrish boʻyicha mahalliy Kengash raisiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash sessiyasi va uning doimiy komissiyalari majlislarini tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning moddiy-taʼminotiga oid masalalar boʻyicha Kotibiyat nomidan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mutaxassislariga xizmat guvohnomalari berilishini hamda lavozimdan ozod qilingandan keyin qaytarib olinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishiga shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash raisi topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kotibiyatning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kotibiyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy va boshqa jihatlardan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining hisobotlari (axborotlari) eshituvini tashkil qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatiga doir hujjatlarning “Kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali yuritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda uning qoʻmitalari (komissiyalari) bilan hamkorligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Mahalliy Kengash faoliyatini tashkiliy, huquqiy, axborot-tahliliy va boshqa jihatlardan taʼminlash yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash ish rejasi loyihasi ishlab chiqilishini hamda bildirilgan takliflar asosida takomiliga yetkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash ish rejasi hamda kelib tushgan takliflar asosida sessiya kun tartibi loyihasini shakllantiradi hamda koʻrib chiqish uchun mahalliy Kengash raisiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan tegishli materiallar tayyorlanishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash sessiyasi, doimiy komissiyalar majlislarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etadi, tegishli materiallarning deputatlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi hamda ularni tegishli huquqiy-axborot materiallari bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan hujjatlar asosida axborot, tahliliy va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash raisi topshirigʻiga binoan mahalliy Kengash vakolatiga taalluqli huquqiy masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari qarorlari loyihalarining qonunchilikka hamda yuridik-texnik talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi, mazkur hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy komissiyalarning faoliyat yoʻnalishi doirasida hududiy dasturlar loyihalarining qonunchilikka hamda yuridik-texnik talablarga muvofiqligini koʻrib chiqishiga, mazkur hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashiga yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy komissiyalar tomonidan mahalliy budjet loyihasi yuzasidan xulosalar hamda takliflar tayyorlanishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashning normativ-huquqiy tusga ega qarorlari loyihalari sessiya kun tartibiga kiritilishidan oldin tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashga kelib tushgan hamda tegishli idora va tashkilotlarga yuboriladigan xat-hujjatlarning rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-saytlarni, rasmiy axborot manbalarini, ijtimoiy tarmoqlarni muntazam kuzatib boradi va zarur maʼlumotlarni, xususan, qonunchilikdagi yangiliklarni mahalliy Kengash deputatlariga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat doirasida foydalanish uchun mahalliy ijroiya hokimiyati organlaridan tegishli axborotlarni soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari tomonidan seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash doimiy komissiyalari faoliyatining yoʻnalishidan kelib chiqqan holda hududdagi idora, tashkilot va muassasalar bilan hamkorligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash raisi va deputatlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qilish, ularning murojaatlarini koʻrib chiqish, sayyor qabullar oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyati toʻgʻrisida har oy yakuni boʻyicha tahliliy axborot tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishga koʻmaklashish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida Kengash tekshiruvi oʻtkazilishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan yuboriladigan Kengash soʻrovi loyihasi tayyorlanishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash ish rejasi loyihasi ishlab chiqilishida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir chora-tadbirlarning oʻrganilishi masalalari kiritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy komissiyalar tomonidan qonun hujjatlari va mahalliy Kengash qarorlari ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyoti joylarga chiqqan holda oʻrganilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” ijrosi oʻrganilishini hamda natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash tavsiyasiga koʻra doimiy komissiyalar tomonidan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holati oʻrganilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish hamda muhokama qilish jarayoni sifatli amalga oshirilishi uchun sohaga doir masalalar boʻyicha mutaxassislar va ekspertlarning jalb etilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligini taʼminlashga koʻmaklashadi, muammoli masalalarning oʻrganilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi muammoli masalalar boʻyicha mahalliy Kengash deputatlari tomonidan kiritilgan takliflarni umumlashtiradi hamda sessiya muhokamasiga kiritish uchun mahalliy Kengash raisiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlari tomonidan kiritilgan hudud miqyosida hal etilmaydigan muammoli masalalar hamda takliflarning yuqori turuvchi mahalliy Kengash kiritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyekti sifatida oʻrganilayotgan masalaga oid ekspertlar xulosasini, aholi va jamoatchilik fikrini umumlashtiradi, kelib tushgan murojaatlar, taklif-mulohazalarni yoʻnalishi boʻyicha tegishli doimiy komissiyalarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputat soʻrovlari va ularning natijalarini monitoring qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash raisining topshiriqlari ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash doimiy komissiyalariga nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy, uslubiy, axborot va maslahat yoʻsinidagi xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengashga kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari tegishli davlat organlari va boshqa idoralar tomonidan koʻrib chiqilishini nazorat qilishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy dasturlarning, Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni tashkillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining hisobotlari (axborotlari) eshituvini tashkil qilishga koʻmaklashish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash ish rejasi loyihasiga mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining qonun va qonunchilikda belgilangan muddatlarda hisobotlari (axborotlari) eshitilishi masalalari kiritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlarini navbatdagi sessiyada ularning hisobotlari (axborotlari) eshitilishi haqida oldindan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan maʼlumotlar va ekspert xulosalari hamda boshqa maʼlumotlarni oladi, tahlil etadi, doimiy komissiyalarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar (axborotlar)ni mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyalariga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlarining hisobotlari (axborotlari) dastlab mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyalarida koʻrib chiqilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlarining hisobotlari (axborotlari)ga doir materiallarning mahalliy Kengash deputatlariga yetkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijroiya hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlarining hisobotlari (axborotlari)ni eshitish bilan bogʻliq boshqa masalalarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Mahalliy Kengash faoliyatiga doir hujjatlarning “Kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali amalga oshirilishini taʼminlash yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kengash.gov.uz” elektron tizimini mahalliy Kengash faoliyatiga toʻliq tatbiq etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini “Kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali kelishish jarayonini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash qarorlarining “Kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputat soʻrovlarini “Kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali yuborishda mahalliy Kengash deputatlariga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning “Kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali yuborilgan murojaatlari oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatiga “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi tatbiq etilishini hamda samarali ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda uning qoʻmitalari bilan hamkorligini tashkil etish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari, shuningdek hududdan saylangan senatorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, joylardagi eng muhim va dolzarb masalalarni muhokama etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi hamda mahalliy Kengashning qoʻshma majlisi oʻtkazilishi bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun va qonunosti hujjatlari ijrosining borishi yuzasidan joylarda Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining sayyor yigʻilishlari oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan qonunlarni Senat qoʻmitalari tomonidan muhokama qilish jarayonida mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyalari aʼzolari ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlari, “Mahalla yettiligi” tomonidan koʻtarilgan respublika darajasidagi muammoli masalalarning Oliy Majlis Senatiga kiritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va Senat devoni boʻlinmalari bilan birgalikda mahalliy Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan oʻquvlar, seminarlar, davra suhbatlari, oʻzaro tajriba almashuvlar tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatiga oid qonun va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Oliy Majlis Senatiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Mahalliy Kengash faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga koʻmaklashish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatiga oid tadbirlar toʻgʻrisidagi xabarlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, mahalliy Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash sessiyalarini onlayn yoritish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash faoliyatini yoritib borish boʻyicha Media-reja ishlab chiqadi hamda ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarga ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash deputatlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning, mahalliy Kengash qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy Kengash va deputatlar faoliyatining ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilishiga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kotibiyat mahalliy Kengash va uning raisi topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kotibiyat tizimida kadrlar bilan ishlash qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kotibiyat mutaxassisi lavozimi uchun nomzodlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumotli (yuriskonsult oliy yuridik maʼlumotli) boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatiga doir qonun hujjatlaridan xabardor boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar tayyorlash, ish yuritish tizimi, ijro intizomi boʻyicha bilim va kasbiy tajribaga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter texnologiyalaridan mukammal foydalana olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kotibiyat mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni tanlash, suhbatdan oʻtkazish hamda tavsiya etish Kotibiyat mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nomzodlar Kotibiyat mutaxassislarining amaldagi tarkibi, kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, davlat va jamoat tashkilotlari, muassasalar xodimlari orasidan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kotibiyat mudiri nomzodlar bilan (bevosita yoki onlayn) suhbat oʻtkazadi. Suhbat natijasiga koʻra munosib deb topilgan nomzod boʻyicha tavsifnoma va maʼlumotnoma (obyektivka) tayyorlanib, mahalliy Kengash raisiga tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod mahalliy Kengash raisi tomonidan maʼqullangandan keyin qonunchilikda belgilangan tartib tuziladigan mehnat shartnomasi asosida uch oy sinov muddati bilan ishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining sinov muddati bilan ishga qabul qilingan mutaxassisi ushbu muddat oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazida amaliyot oʻtaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyatining sinov muddati bilan ishga qabul qilingan mutaxassisi ushbu muddat oraligʻida tegishliligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatida amaliyot oʻtaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sinov muddati bilan ishga qabul qilingan mutaxassisning amaliyot oʻtash vaqti Kotibiyat mudiri tomonidan oldindan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kotibiyat xodimlarining mehnat munosabatlariga doir masalalar (ishga qabul qilish, lavozimdan ozod etish, ragʻbatlantirish, ustama haqi tayinlash, intizomiy chora koʻrish, xizmat safari, mehnat taʼtili) mahalliy Kengash raisi farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kotibiyat mutaxassisi lavozimi uchun nomzodlarni tanlash, Kotibiyat mutaxassislarining salohiyatidan unumli foydalanish, kasbiy koʻnikmalarini oshirib borish mazkur Nizomga rioya etgan holda amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Kotibiyat mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar mahalliy Kengash qarori bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflar mahalliy Kengash doimiy komissiyalari, partiya guruhlari, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-837-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kotibiyat mudiri

Bosh mutaxassis

Bosh mutaxassis

Bosh mutaxassis

Yuriskonsult

Keyingi tahrirga qarang.