Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnoma (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 31-oktabr,
OʻRQ-986-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2024-y., 03/24/986/0870-son)