Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qoʻshimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr);
Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qoʻshimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Pochta toʻlov xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);
Pochta toʻlov xizmatlari toʻgʻrisidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust) qoʻshilinsin.
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Umumjahon pochta ittifoqi Xalqaro byurosining Bosh direktoriga Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-oktabr,
PQ-362-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 07/24/362/0826-son)