1-ILOVA
ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | Amaldagi holat | 2026-yil | 2028-yil | 2030-yil | Masʼul ijrochilar |
1. | Davlat organlarining maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida sunʼiy intellekt uchun ajratilgan quvvatlar ulushi | foiz | - | 5 | 7 | 10 | Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi | mln dollar | 10 | 200 | 500 | 1 500 | Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | Ochiq maʼlumotlar portalidagi statistik va tarmoq maʼlumotlari | maʼlumotlar toʻplami | 5 777 | 7 500 | 8 500 | 10 000 | Statistika agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Sunʼiy intellekt sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun ochiq shaklda taqdim etiladigan idoraviy maʼlumotlar | maʼlumotlar toʻplami | 16 | 50 | 100 | 200 | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Statistika agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi | foiz | - | 1 | 5 | 10 | Raqamli texnologiyalar vazirligi, |
6. | Soha va tarmoqlarda sunʼiy intellekt asosida amalga oshiriladigan loyihalar | soni | - | 57 | 100 | 185 | Manfaatdor vazirlik va idoralar, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | IT-parkda sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi rezidentlar | soni | 10 | 20 | 35 | 50 | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
8. | Sunʼiy intellekt yoʻnalishida malakali mutaxassislar tayyorlash | nafar | 572 | 650 | 800 | 1 000 | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
9. | Sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar | soni | - | 6 | 8 | 10 | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. | IT yoʻnalishidagi oliygohlarda sunʼiy intellekt yoʻnalishida ilmiy darajaga ega boʻlgan oʻqituvchilar (PhD, DSc) | nafar | - | 20 | 25 | 40 | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
11. | Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonning oʻrni | oʻrin | 87 | 75 | 65 | 50 | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish | ||||
1. | Mamlakatimizda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish. | 1. Qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Xatlov yakuni boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil iyun | |||
2. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish hamda qoʻllashdagi etika qoidalari va tamoyillarini ishlab chiqish. | 1. Quyidagi yoʻnalishlarda xalqaro tajribani oʻrganish: sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishda ustuvor ravishda inson manfaatlari va huquqlarini himoya qilish; sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash tamoyillarini tartibga soluvchi etika qoidalari. | 2025-yil oktabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil dekabr | |||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yanvar | |||
3. | Vazirlik va idoralarning platforma va maʼlumotlar bazalarini bitta data markazga jamlangan holda, sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish, xatarlarni aniqlash va yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish. | Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlarini tahlil qilish imkoniyatini yaratish orqali yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish. | 2026 — 2028-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Markaziy bank, Bosh prokuratura, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
4. | Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasini tashkil etish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kelishish. | 2025-yil fevral | |||
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil mart | |||
5. | Markaziy bankning Loyihalar va jarayonlarni boshqarish xizmati hamda Kiberxavfsizlik markazi tomonidan firibgarlik holatlarining oldini olish, toʻlov tizimlari va xavflarni boshqarish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish. | 1. Loyihalar va jarayonlarni boshqarish xizmati hamda Kiberxavfsizlik markazi tomonidan firibgarliklarning oldini olish, toʻlov tizimlari va xavflarni boshqarish yoʻnalishida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxatini ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | Markaziy bank, davlat ulushi mavjud tijorat banklari |
2. Loyihalarni amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | |||
6. | Raqamli hukumat tizimida axborot va kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini takomillashtirish. | Sunʼiy intellektni qoʻllagan holda Raqamli hukumat tizimida axborot va kompyuter xavfsizligi mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish. | 2026-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
II. Sohada standartlarni takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash | ||||
7. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini tartibga soluvchi yangi milliy standartlarni ishlab chiqish. | 1. Xalqaro tajribani oʻrganish hamda mazkur yoʻnalishdagi standartlar loyihalarini ishlab chiqish. 2. Standartlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishish va tasdiqlash. | 2025-2026-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini tartibga soluvchi 9 ta milliy standartni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish. | 1. Amaldagi milliy standartlarni xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish. 2. Xatlov yakuni boʻyicha milliy standartlarning yangi tahrirlarini ishlab chiqish, belgilangan tartibda kelishish va tasdiqlash. | 2025-2026-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Xalqaro ekspertlar ishtirokida mahalliy standartlarni xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | 1. Standartlashtirish sohasidagi xorijiy ilgʻor kompaniyalar va ekspertlar roʻyxatini shakllantirish hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil iyun | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
2. Xorijiy ilgʻor kompaniyalar va ekspertlarni jalb qilgan holda mahalliy standartlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish. | 2025-yil noyabr | |||
10. | Sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro standartlar, ilgʻor tajriba va texnologiyalarni mahalliy darajada tatbiq etish boʻyicha xorijiy ilmiy va texnologik kompaniyalar bilan muntazam hamkorlikni olib borish. | Standartlashtirish sohasidagi xorijiy ilgʻor kompaniyalar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar, ilgʻor xorijiy tajriba va texnologiyalarni mahalliylashtirishni yoʻlga qoʻyish. | 2025-2026-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
11. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirokini taʼminlash va imijini shakllantirish. | Mintaqaviy va xalqaro hamkorlik doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha faol ishtirokini taʼminlash va imijini shakllantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2025-2026-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
III. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida maʼlumotlarni qayta ishlash uchun texnik infratuzilmani shakllantirish | ||||
12. | Sunʼiy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish boʻyicha parallel hisoblashni amalga oshirish, mashinaviy oʻrgatish va boshqa loyihalar uchun zarur boʻlgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) oʻz ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasterini ishga tushirish. | 1. Xorijiy tajribani oʻrganish hamda kompleks tahlil metodlarini sunʼiy intellekt yordamida qoʻllash. | 2025-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Loyiha-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil avgust | |||
3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq xarid jarayonlarini amalga oshirish. | 2026-yil aprel | |||
13. | Maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va shakllantirish uchun ixtisoslashtirilgan “katta maʼlumotlar” bazasi server qurilmalarini ishga tushirish. | 1. Xorijiy tajribani oʻrganish hamda kompleks tahlil metodlarini sunʼiy intellekt yordamida qoʻllash. | 2025-yil yanvar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti |
2. Loyiha-texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil may | |||
3. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq server qurilmalarini ishga tushirish. | 2026-yil iyun | |||
IV. Aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish | ||||
14. | Isteʼdodli yoshlarni sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida maqsadli tayyorlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish. | 1. Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish va tanlov asosida saralash. 2. Xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan 300 ta eng yaxshi akademik reytingga ega yoki sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha 100 ta yetakchi xorijiy universitetlarning bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida belgilangan kvotalarga qoʻshimcha ravishda 5 ta maqsadli oʻrin ajratish. 3. Tanlangan nomzodlarni xorijiy oliy taʼlim muassasalariga taʼlim olishga yuborish va ularning oʻquv jarayonlarini nazorat qilish. | 2025-yildan boshlab doimiy ravishda | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
15. | Vazirlik va idoralarning sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oshirishga masʼul boʻlgan mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-oʻqituvchilari malakasini xorijiy mamlakatlarda oshirish. | 1. Mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarning roʻyxatini shakllantirish hamda ularni tanlov asosida saralash. 2. Saralab olingan nomzodlarni xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida malaka oshirish kurslariga yuborish. | 2025-2026-yillar | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | Davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan har yili kamida bir nafar raqamlashtirish boʻyicha boshqaruv xodimlarining xorijiy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt yoʻnalishida malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish. | 1. Malaka oshirish uchun yuboriladigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. 2. Saralab olingan nomzodlarni xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlariga malaka oshirish kurslariga yuborish. | 2025-yil 1-yanvardan boshlab doimiy | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, davlat ulushiga ega tijorat banklari |
17. | Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida laboratoriyalar tashkil etish. | 1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash. 2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlar xaridini amalga oshirish. 3. Tadqiqot laboratoriyalar uchun ajratilgan bino-inshoot yoki maxsus xonalarni taʼmirlash hamda jihozlash. 4. Quyidagi muassasalarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha laboratoriyalar tashkil etish: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti; Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti; Toshkent iqtisodiyot universiteti; “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti; Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti. | 2025-2026-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
18. | Davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, tijorat banklari hamda mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi bilim va malakalarini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Xorijiy yetakchi universitet va kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | 2024-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt instituti |
2. Oʻquv dasturini hamkorlikda ishlab chiqish. | 2025-yil mart | |||
3. Gibrid formatdagi (onlayn va anʼanaviy) oʻqitish jarayonini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil aprel | |||
19. | Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shu jumladan, sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi dasturchilarni sunʼiy intellektni joriy etish va qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kurslari hamda treninglarga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlarga jalb etish. | 1. Malaka oshirish kurslari uchun oʻquv dasturlari va materiallarini yaratish. | Har yili avgustda | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt instituti, respublika ijro etuvchi hokimiyat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
2. Malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Har yili sentabrda | |||
3. Ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | Har yili oktabrda | |||
20. | Sunʼiy intellekt sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash. | 1. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilish va ular tomonidan joriy holatni tahlil qilish. | 2025-yil may | Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt instituti |
2. Tahlil natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | |||
21. | Vazirlik va idoralar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan elektron xizmatlarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish. | 1. Elektron shaklda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish. | 2024-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
2. Elektron xizmatlarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil dekabr | |||
3-ILOVA
|
T/r |
Raqamli maʼlumotlar nomi |
Maʼlumot turi |
Maʼlumotlar hajmi |
Yangilanish davriyligi |
Masʼul tashkilotlar |
|
1. |
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining alohida yoʻnalishlar kesimidagi koʻrsatkichlari |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi |
500 ta |
Statistika dasturiga muvofiq |
Statistika agentligi |
|
2. |
Tuproqlarning tarkibi va minerallashuvi haqidagi maʼlumotlar |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi |
5 mingta |
Har yili |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
3. |
Yerosti suvlari sathi datchiklaridan olingan tabiiy-iqlim maʼlumotlari |
Tasvir |
5 mingta |
Har yarim yillikda |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
|
4. |
Suvning sifat koʻrsatkichi hamda ifloslanish sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Tasvir va video |
5 mingta |
Har yarim yillikda |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
|
5. |
Hududiy suv taʼminoti korxonalari tomonidan koʻrsatilgan xizmat boʻyicha ichimlik suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi |
5 mingta |
Har yarim yillikda |
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
|
6. |
Ichimlik suvning sifat koʻrsatkichi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi |
5 mingta |
Har yarim yillikda |
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ |
|
7. |
Jamoat transporti harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi, geografik maʼlumotlar |
– |
Doimiy |
Transport vazirligi |
|
8. |
Jamoat transportida yoʻlovchilarning harakatlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi, geografik maʼlumotlar |
– |
Doimiy |
Transport vazirligi |
|
9. |
Avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi |
5 mingta |
Har yarim yillikda |
Ichki ishlar vazirligi |
|
10. |
Yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Tasvir va video |
5 mingta |
Har yarim yillikda |
Ichki ishlar vazirligi |
|
11. |
Bino-inshootlarda aniqlangan yoriqlar tasviri |
Tasvir |
10 mingta |
Har yarim yillikda |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
12. |
Oʻrmon xoʻjaligi, neft-gaz va kimyo mahsulotlarini saqlovchi omborxonalar, paxta saqlash punktlaridagi yongʻinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Tasvir |
1 mingta |
Har yarim yillikda |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
|
13. |
Maishiy va sanoat chiqindilari saqlanadigan poligonlar fotosuratlari |
Tasvir |
6 mingta |
Har yarim yillikda |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
|
14. |
Iqlim va ob-havo sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Tasvir, matn koʻrinishidagi maʼlumotlar almashinuvi |
12 mingta |
Har yarim yillikda |
Gidrometeorologiya xizmati agentligi |
|
15. |
Inson harakatlarini aks ettiruvchi tasvir maʼlumotlari |
Tasvir va video |
15 mingta |
Har yarim yillikda |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
16. |
Insonlarning nutqlarini ifodalovchi ovozli maʼlumotlar toʻplami |
Audio |
10 mingta |
Har yarim yillikda |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
17. |
Inson organlarining (yurak, oʻpka, jigar, bosh miya va boshqalar) kompyuter tomografiyasi va mammografiyasi (KT, MRT, MSKT va boshqalar) tasvir maʼlumotlari |
Tasvir |
20 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
18. |
Jigar saratoni diagnostikasi maʼlumotlari |
Tasvir |
10 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
19. |
Qalqonsimon bez saratoni tashxisining tasviri maʼlumotlari |
Tasvir |
10 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
20. |
Ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari diagnostikasining maʼlumotlari |
Tasvir |
10 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
21. |
Homiladorlik davridagi ultratovush tekshiruvi tasviri maʼlumotlari |
Tasvir |
5 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
22. |
EXOKG, EKG va xolter monitoring maʼlumotlari |
Tasvir |
5 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
23. |
Talaffuzida nuqsoni bor insonlarning nutqlarini ifodalovchi ovozli maʼlumotlar toʻplami |
Audio |
1 mingta |
Axborot tizimi yaratilgandan soʻng har yili |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
24. |
Imo-ishora tiliga doir inson harakatlarini aks ettiruvchi tasvir maʼlumotlari |
Tasvir va video |
15 mingta |
Har yarim yillikda |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
|
25. |
Oʻzbekiston Milliy gerbariy fondining raqamlashtirilgan namunalari |
Tasvir |
10 mingta |
Har yili |
Fanlar akademiyasi |