05.10.2024 yildagi 642-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yarim tayyor charm eksporti uchun yigʻimlarni undirish tartibining oʻzgarishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-maydagi PQ-181-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-maydagi PQ-181-son qaroriga koʻra TIF TN boʻyicha 4104 kodiga muvofiq yarim tayyor charmni olib chiqishda 2024-yil 1-iyuldan boshlab 10 foiz, lekin bir tonnasi uchun 300 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 20 foiz, lekin bir tonnasi uchun 600 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda, 2028-yil 1-yanvardan boshlab 30 foiz, lekin bir tonnasi uchun 900 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda yigʻim undirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 303-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va moʻyna xom ashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshisi “10 foizi miqdorida” soʻzlaridan keyin “(TIF TN boʻyicha 4104 kodiga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan boshlab 10 foiz, lekin bir tonnasi uchun 300 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 20 foiz, lekin bir tonnasi uchun 600 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda, 2028-yil 1-yanvardan boshlab 30 foiz, lekin bir tonnasi uchun 900 AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
642-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/642/0786-son)