21.09.2024 yildagi SQ-997-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotini eshitib, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2023-yilda muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan 10 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, ulardan 4 tasi qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning natijasida 114 ta davlat organi va tashkiloti, shuningdek, banklarda 1477 ta shtat birligidan iborat korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati 5 taga (35 tadan 40 taga) kengaytirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga xizmat koʻrsatishda korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan “Onlayn mahalla”, “Aholi tomorqasi”, “Onlayn-bozor”, davlat xizmatchilarini onlayn rejimda oʻqitishga moʻljallangan “Open Data” platformalari ishga tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini raqobatli tarzda amalga oshirilishi natijasida 8,2 trln soʻm iqtisod qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning 9,4 mingdan ortiq mahallalarida 280 ming yoshlar ishtirokida 6371 ta trening mashgʻuloti oʻtkazilgan, “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 20 ta seminar, 100 dan ortiq tashkilotlarda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 4 ta hamkorlik memorandumi imzolangan va 5 ta xalqaro tadbir oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Transparency International” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha Korrupsiyani qabul qilish indeksida mamlakatimiz oʻrni 5 pogʻonaga, “World Justice Project” tashkilotining Huquq ustuvorligi indeksida 2 pogʻonaga, Boshqaruv sifati indikatorlarida 15 pogʻonaga, Hukumat ochiqligi boʻyicha “Open Data Inventory” reytingida 15 pogʻonaga koʻtarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, sohada yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar ham saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2023-yilda respublika boʻyicha sudlar tomonidan 6 535 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 1,4 trln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan. Ushbu zararning faqat 745 mlrd soʻmi yoki 51 foizi qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning yuqori ulushi Andijon (243 mlrd soʻm), Namangan (194 mlrd soʻm), Qashqadaryo (143 mlrd soʻm) va Toshkent viloyatlariga (132 mlrd soʻm) toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar soni Surxondaryo (9,9 foiz) va Andijon (6,4 foiz) viloyatlarida ortgan. Korrupsiyaga oid jinoyat ishlari boʻyicha sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari, tijorat banklari, sogʻliqni saqlash tashkilotlari hamda hokimliklar xodimlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilda 1 146 nafar muqaddam sudlangan shaxs tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilgan boʻlib, ularning 566 nafari muqaddam aynan korrupsiyaviy jinoyatlari uchun sudlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tizimi samarali yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida 2023-yilda prokuratura organlaridan tashqari birorta vakolatli organ tomonidan bunday turdagi ragʻbatlantirish qoʻllanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarida xodimlarning odob-axloq qoidalariga qay darajada rioya qilinayotganligini nazorat qilib borish belgilangan boʻlsa-da, 31 ta respublika boshqaruv organining markaziy apparati, 14 ta tizim tashkiloti, 462 ta hududiy boʻlimi, 4 ta viloyat hokimligi, 134 ta tuman (shahar) hokimligining Odob-axloq komissiyalari tomonidan biror marotaba komissiya yigʻilishi oʻtkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odob-axloq qoidalari talablarining buzilishi intizomiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanishi qayd etilgan boʻlsa-da, Odob-axloq komissiyalari tomonidan 202 ta holatda (koʻrilgan ishlarning 52 foizi) odob-axloq qoidalari buzilganligi boʻyicha chora qoʻllanilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Togʻ-kon sanoati va geologiya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Sport vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining Odob-axloq komissiyalari tomonidan muhokama qilingan masalalar boʻyicha biror-bir profilaktik choralar koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etishda ayrim idoralar tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, ichki nazorat tizimi joriy etilgan davlat idoralarining 37 tasida tashkil etilgan 996 ta shtat birligidan 172 tasi vakant boʻlsa, 6 ta tashkilotning 35 nafar xodimiga qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, 52 ta davlat tashkilotining ichki nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilmagan, shu jumladan ularning 21 tasida profilaktika ishlari, 36 tasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish choralari koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Suv xoʻjaligi, Oliy taʼlim, fan va innovatssiyalar, Transport, Energetika vazirliklari, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida nazorat tadbirlari oʻtkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, 20 ta davlat tashkilotida ichki nazorat tizimini joriy etishga oid idoraviy hujjatlar ishlab chiqilmagan, 13 tasida ichki nazorat tizimi samarali tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Andijon va Surxondaryo viloyati hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasida ichki nazorat tizimini joriy etishga oid idoraviy hujjatlar ishlab chiqilmagan boʻlsa, 600 mingdan ortiq xodimlar faoliyat yurituvchi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida atigi 5 ta shtat birligidan iborat (vazirlik markaziy apparatida) ichki nazorat tuzilmasi tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga koʻra, baholashdan oʻtkazilgan 95 ta davlat tashkilotidan 15 tasining faoliyati “qoniqarsiz” (55 balldan past) baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (5 ball), Kinematografiya agentligi (5 ball), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (9 ball), Yoshlar ishlari agentligining (10 ball) faoliyati past baholangan boʻlsa, Surxondaryo (32 ball) va Andijon (48 ball) viloyati hokimliklari faoliyati ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini baholash tizimi, yaʼni Ochiqlik indeksi natijasiga koʻra, 2023-yil yakuni boʻyicha baholashdan oʻtkazilgan 103 ta davlat organi va tashkilotlaridan 29 tasining faoliyati “qizil” (55 balldan past) past samaradorlik koʻrsatkichni qayd etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Kinematografiya agentligi 26 ball, Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi 27 ball, Andijon 12 ball, Surxondaryo 50 ball va Namangan viloyati hokimliklari 53 ballga baholanib, “qizil” toifaga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatlar korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 82-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 252-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilgan holda jinoyatlar koʻrsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun taqdimnomalar kiritib borsin hamda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va profilaktik choralarni belgilashda vazirlik va idoralarga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tizimi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini jadallashtirsin, bunda belgilangan talablarni fuqarolarga tushunarli va sodda koʻrinishda yetkazish uchun maxsus videoroliklar tayyorlasin hamda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga qoʻshimcha vazifalar yuklatilishini monitoring qilib borsin hamda natijasi boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish va ichki nazorat tuzilmalarini mustaqil tuzilma sifatida tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish bilan birgalikda mazkur yoʻnalishda vazirlik va idoralarga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiqlik indeksi natijalariga koʻra “qizil” toifaga kiritilgan davlat organlari va tashkilotlariga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida taqdimnomalar kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga koʻra, faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslarning javobgarligini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning 10-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Togʻ-kon sanoati va geologiya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Sport vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Odob-axloq komissiyasining tarkibini qayta koʻrib chiqsin va komissiya faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda Odob-axloq komissiyasida muhokama qilingan masalalar boʻyicha aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini taʼminlab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Suv xoʻjaligi, Oliy taʼlim, fan va innovatssiyalar, Transport, Energetika, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqsin va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda ichki nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha rejalar tuzilishi va shunga muvofiq nazorat tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan toʻlaqonli undirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Masʼul vazirlik va idoralar hamda viloyat hokimliklari ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-997-IV-son