O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 2-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 28-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2024-yil 28-avgustda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, bu fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi prinsipini, davlat manfaatlari samarali himoya qilinishini ta’minlash sudlar tomonidan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtirokiga, shuningdek ishlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilishga taalluqli protsessual normalar yanada aniqlashtirilishini taqozo etmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida prokurorning sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida prokuror tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan, qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti, taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli sudlardan ishlarni talab qilib olishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda, shuningdek mazkur toifadagi ishlarni ko‘rish yakunlari bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi aniqlashtirilmoqda.
Ushbu Qonun prokuratura organlarining odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga, shuningdek sudlarda ishlarni muhokama qilishda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 50-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 383-moddaning ikkinchi qismi “prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 387-moddaning to‘rtinchi qismi “murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi” degan so‘zlardan keyin “bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 406-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya protesti protest keltirgan prokuror yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak”;
5) 407-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokurorning ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha kassatsiya protestiga ushbu Kodeks 403-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirishga asos bo‘lib xizmat qilgan murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”.
6) 4071-moddaning matni “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 4194-modda:
birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 4198-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha taftish tartibidagi protestga ushbu Kodeks 4194-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning protest keltirishga asos bo‘lib xizmat qilgan murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
9) 41914-moddaning ikkinchi qismi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 49-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Prokuror o‘zining da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishi mumkin.
Prokuror boshqa shaxslarning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ishlar mustasno”;
to‘rtinchi — yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 170-moddaning uchinchi qismidagi “uchinchi shaxslar” degan so‘zlar “va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 259-moddaning ikkinchi qismi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 265-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya protestining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha ushbu Kodeks 259-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar murojaatlarining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
5) 269-modda birinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) apellyatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki apellyatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha keltirilgan protestga tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
6) 282-moddaning ikkinchi qismi “ish bo‘yicha prokuror ishtirok etgan bo‘lsa” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 288-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha ushbu Kodeks 282-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar murojaatlarining ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
8) 2881-moddaning matni “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 292-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 286-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 288-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga ushbu Kodeks 282-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
10) 307-modda:
birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
11) 313-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning murojaati ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
12) 317-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 311-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 313-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar mustasno”;
13) 318-moddaning ikkinchi qismi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 148-moddaning uchinchi qismidagi “uchinchi shaxslar” degan so‘zlar “va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2301-moddaning matni “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 249-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 260-moddaning ikkinchi qismi “prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlardan keyin “yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-sentabr,
O‘RQ-968-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2024-y., 03/24/968/0760-son)