Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari tashqi va ichki tahdidlardan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi munosabati bilan kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir choralar darajasini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida hamda elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligini kuchaytirishga va kiberxavfsizlikni taʼminlashga, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar) 1551-moddasi ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “oʻta muhim” degan soʻzlar “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi, yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), shuningdek banklar, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
banklarning va nobank kredit tashkilotlarining (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi), toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida aniqlangan kiberxavfsizlikka oid hodisalar hamda tahdidlar toʻgʻrisida Markaziy bank bilan tezkor axborot almashish tartibini belgilaydi”;
2) 12-moddaning birinchi qismi:
oʻninchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi)” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshisidagi “banklar va nobank kredit tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi)” degan soʻzlar “kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini aniqlaydi, ularning reyestrini shakllantirish hamda kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni ishlab chiqadi;
kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organ tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborot tizimlari hamda resurslarini, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini ularning kiberxavfsizlik talablariga mosligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi;
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik auditidan oʻtkazadi;
kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasi boʻyicha reytingni yuritadi”;
kredit tashkilotlariga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga kiberxavfsizlikka tahdidlarning (shu jumladan bank kartalari bilan bogʻlik talon-torojliklarning) oldini olish va (yoki) ularni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi hamda normativ hujjatlar qabul qiladi”;
oʻn sakkizinchi xatboshisi yigirma uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
3) 17-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “maxfiydir” degan soʻz “konfidensialdir” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 58-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “maxfiy” degan soʻz “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 60-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligiga” degan soʻzlar “axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-580-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 4, 267-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 42-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan soʻzlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 48-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “maxfiy” degan soʻz “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 51-modda:
birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligiga” degan soʻzlar “axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha yuborilgan koʻrsatmalar ijrosini”;
oʻn toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn beshinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 54-modda birinchi qismining yigirma uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi, shuningdek bank axborot tizimlarida kibertahdid yoki kiberxavfsizlik hodisasi vujudga kelishiga olib keluvchi qonunchilik talablari buzilganligi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2022-yil, № 4, 337-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismidagi “tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar” degan soʻzlar “tashkiliy va texnikaviy, shu jumladan axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-30-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 156-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan soʻzlar “axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-moddaning ikkinchi xatboshisi “axborotni muhofaza qilish” degan soʻzlardan keyin “axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 7-modda beshinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “maxfiy” degan soʻz “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 8-moddaning oʻzbekcha matnidagi “maxfiy” degan soʻz “konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-395-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 451-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash”;
2) 12-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash prinsipi”;
birinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan soʻzlar “axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 15-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan soʻzlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 16-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan soʻzlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 7-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligi talablariga va” degan soʻzlar “axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga, shuningdek” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligi” degan soʻzlar “axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “axborot xavfsizligi va” degan soʻzlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga taʼsir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklarni Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida bartaraf etish;
axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi qoidabuzarliklarni Markaziy bankning birinchi koʻrsatmasi yuborilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida bartaraf etish”;
5) 21-modda ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligi” degan soʻzlar “axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 22-modda uchinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni oʻz ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda toʻlov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini taʼminlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish boʻyicha koʻriladigan choralarning tavsifi”;
7) 23-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi “toʻlov tizimining uzluksiz ishlashiga” degan soʻzlardan keyin “shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 24-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni oʻz ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda toʻlov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini taʼminlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish boʻyicha koʻriladigan choralarning tavsifi”;
9) 57-moddaning:
nomidagi “Axborot xavfsizligi” degan soʻzlar “Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Axborot xavfsizligi” degan soʻzlar “Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimi buzilgan taqdirda, toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar qoidabuzarlik aniqlanganidan keyin bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytirish uchun koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida Markaziy bankka tezkorlik bilan xabar berishi shart. Markaziy bank toʻlov tizimlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimi buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishni hamda yuritishni amalga oshiradi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-765-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 114-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 28-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir talablarni bajarmaganlik”;
toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 37-modda:
birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “maxfiyligini” degan soʻz “konfidensialligini” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Maxfiy” degan soʻz “Konfidensial” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-sentabr,
OʻRQ-964-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son)