O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirildi, O‘zbekiston Respublikasining qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining transformatsiya qilinishi ana shu organlarning rasmiy nomlarini aniqlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni, shuningdek aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan O‘RQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1010-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 12-moddaning yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhiga, hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
2) 17-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 19-moddaning birinchi qismi:
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi”;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi”;
o‘n oltinchi xatboshisi o‘n yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) 20-moddaning:
birinchi qismidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi”;
quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“shaharlarning bosh rejalarini soddalashtirilgan shaklda ishlab chiqishda buyurtmachiga va loyiha tashkilotlariga loyihalashtirish uchun topshiriqlar beradi”;
5) 27-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) hamda uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
6) 44-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi”;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi”;
2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari”;
3-bandining birinchi xatboshisidagi “rivojlantirish” degan so‘z “rivojlantirishni rejalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 45-modda:
uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 49-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini O‘zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
qishloq xo‘jaligiga va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan hududlar;
ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlar;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siriga duchor bo‘lgan hududlar;
foydali qazilmalar joylashgan hududlar;
o‘ziga nisbatan shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari va shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur hududlardan foydalanishga doir cheklovlar belgilangan hududlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha yechimlari O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo‘shni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallab ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ko‘p maqsadli strategik hujjatdir:
aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimi davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash;
hududlarning joriy holatini, salohiyatini aniqlash, o‘zaro bog‘liqlik maqsadlarini va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;
arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish;
loyihalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini asos sifatida belgilash”;
9) 51-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi”;
oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlaridagi loyiha yechimlari O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo‘shni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallab ishlab chiqiladi”;
10) 54-moddaning oltinchi qismidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 76-modda:
to‘rtinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligining” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 80-moddaning uchinchi qismidagi “Qurilish vazirligi” degan so‘zlar “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-sentabr,
O‘RQ-960-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)