Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2024-yil 29-yanvar kuni Bryussel shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Estoniya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Estoniya tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-sentabr,
PQ-314-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 07/24/314/0691-son)