30.08.2024 yildagi O‘RQ-952-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 27-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 28-avgustda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan O‘RQ-473-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda; 2020-yil, № 3, 200-modda, № 5, 299, 300-moddalar, № 6, 334-modda, № 12, 688-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 790-modda) 7-moddasining birinchi qismiga kuyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘ttizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor”;

o‘ttizinchi — o‘ttiz oltinchi xatboshilar tegishincha o‘ttiz birinchi — o‘ttiz yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 226-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6, 114-modda, № 9, 164-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 12, 688-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) kuyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘ttizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ttizinchi — o‘ttiz oltinchi xatboshilari tegishincha o‘ttiz birinchi — o‘ttiz yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek faoliyatida davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga hamda ta’sischilariga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonining ko‘krak nishoniga oid tavsif matnidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning yuz tomonida, O‘zbekiston Respublikasining geografik xaritasi hamda quyosh nurlari fonida tadbirkorlikning jadal rivojlanishi va uning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasini aks ettiruvchi iqtisodiy o‘sish belgisi va tangalar aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning aylanasi bo‘ylab pastki o‘ng qismida dafna novdasi va yuqori qismida “XIZMAT KO‘RSATGAN TADBIRKOR” yozuvi joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nishonning yuz va orqa tomonlari chekkalari qabariq hoshiya bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning bo‘yi 16 millimetr, eni 25 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning orqa tomonida nishonni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich tarzidagi moslama mavjud”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-952-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/952/0678-son)