19.08.2024 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Toshkent shahrida “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imkoniyati cheklangan yoshlarning maktabdan tashqari qoʻshimcha taʼlim olishlari, kasb-hunar oʻrganishlari uchun boshqa tengdoshlari bilan teng imkoniyatlar yaratish hamda ularning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr boʻlib yetishib chiqishlarini va jamiyatga integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining imkoniyati cheklangan yoshlarga inklyuziv sharoitda boshqa tengdoshlari bilan birgalikda professional taʼlim berish maqsadida Agentlik muassisligida davlat taʼlim muassasasi shaklidagi “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imkoniyati cheklangan yoshlarni jamiyatga integratsiya qilish boʻyicha tadqiqotlar olib borish, har tomonlama moslashuv uchun inklyuziv sharoit yaratish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish, imkoniyati cheklangan yoshlarni taʼlim olish va kasbga oʻrgatish hamda ularni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajriba asosida imkoniyati cheklangan yoshlarni boshqa tengdoshlari bilan birgalikda xalqaro standartlar asosida boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarida oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuziv sharoitda imkoniyati cheklangan yoshlarning boshqa tengdoshlari bilan birgalikda oʻz isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim hamda professional taʼlim muassasalari uchun inklyuziv oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarida tashkil etilgan oʻquvchilarni kasbga oʻqitish kurslariga uslubiy yordam koʻrsatish va kasbiy taʼlim berish jarayonini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markazga ushbu bandda nazarda tutilgan asosiy vazifalarni bajarish doirasida ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarni budjet tashkilotlari hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotish va xizmat koʻrsatish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktoriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markaz faoliyati boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga boshlangʻich professional taʼlim yoshidan 30 yoshgacha hamda toʻgaraklarga 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar jalb etiladi. Bunda taʼlim oluvchilarning kamida 30 foizini imkoniyati cheklangan shaxslar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda guruhlar kamida 12 nafar oʻquvchilardan shakllantiriladi. Bunda zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida guruhdagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning shtat birliklari sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni maqbullashtirish munosabati bilan boʻshayotgan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar hamda soha boʻyicha mutaxassislar mehnatiga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz pedagog kadrlarining oʻquv yuklamasini hamda boshqa mutaxassislar meʼyorlarini Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan professional taʼlim dasturlarini tamomlagan yoshlarga davlat namunasidagi diplom hamda toʻgarak bitiruvchilariga sertifikat beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz xodimlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz rahbari, pedagog kadrlari va boshqa xodimlari mehnatiga professional taʼlim tizimidagi mehnatga haq toʻlash miqdori va shartlari asosida haq toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda qisqa muddatli kurslar boʻyicha shakllangan guruhlarda ikki nafardan oʻqituvchi faoliyat koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dars mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash dars beruvchining ilmiy darajasi va unvoni, malaka toifasidan kelib chiqib, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shugʻullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, mutaxassislar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, mehnat taʼlimi oʻqituvchilari va yordamchi tarbiyachilarning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida, qolgan barcha xodimlarning lavozim maoshlariga 50 foiz miqdorda budjet mablagʻlari hisobidan ustamalar toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning barcha xodimlariga, shu jumladan mehnatiga soatbay haq toʻlanuvchi oʻqituvchi-pedagoglarga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha har oylik 200 foizgacha oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi miqdorida ustama haqi toʻlanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ish haqi jamgʻarmasiga nisbatan 15 foiz miqdorida moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz huzurida tarkibida kengash raisi, rais oʻrinbosari va boshqa aʼzolardan iborat 11 kishilik “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Ekspert kengashi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining Ekspert kengashi tarkibi va kengash toʻgʻrisidagi nizom Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalari va xalqaro taʼlim dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan malaka talablari, oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik bilan kelishgan holda, konsalting tashkilotlari, xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi takliflarni oʻrgangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyat turlari boʻyicha tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablagʻlarni xodimlar va oʻquvchilarni ragʻbatlantirish hamda Markaz faoliyatini rivojlantirish uchun sarflashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markazning faoliyati uchun zarur boʻlgan xorijiy konsalting tashkilotlari, xalqaro va mahalliy ekspert va mutaxassislar Agentlik tomonidan jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar 2024-yilda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni maqbullashtirish hisobidan boʻshaydigan mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga 1 ta imkoniyati cheklangan shaxslarga moʻljallangan yoʻlovchi avtobusni saqlash uchun limit ajratiladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Markaz ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga 1 ta imkoniyati cheklangan shaxslarga moʻljallangan yoʻlovchi avtobusni ijara (autsorsing) asosida jalb qilish uchun Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda AT “Aloqabank”ning (keyingi oʻrinlarda — Bank) boshqaruv organlari yigʻilishlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankka tegishli Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, “Navnihol” MFY Tepamasjid koʻchasidagi 4-uyda joylashgan “IT-PARK” hududidagi binoning 8 va 9-qavatlarini barcha zarur jihozlar bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda — aktivlar) vaqtincha tekin foydalanish huquqi bilan Markazga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni (kommunal xizmatlar, telekommunikatsiya, joriy va kapital taʼmirlash, tozalash va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar) Bank tomonidan qoplash masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Bank tomonidan aktivlarni Markazga tekin foydalanish huquqi asosida berilganda, ushbu aktivlar Bank uchun soliq solish obyekti boʻlib hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
518-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Ekspert kengashi

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

4

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Axborot xizmati boʻlimi

1

Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

2

Raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Administrator

1

Kasbga oʻqitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

2

Bosh hisobchi

1

Psixolog

1

Ijtimoiy xodim

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

1. Markaz boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 20 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Professor-oʻqituvchilar soni guruhlar soni va oʻquv yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida boshqaruv xodimlar uchun nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazda eshitishida nuqsoni boʻlgan har 12 nafar oʻquvchi uchun 1,0 birlik (oʻquvchilarning soni 12 nafardan kam boʻlganda 0,5 birlik) surdotarjimon lavozimi kiritiladi. Surdotarjimonning oylik maoshi professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.
(1-ilovaning “izoh” qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qaroriga asosan 4-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlash miqdori

Izoh

1

Direktor

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktorining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

3.

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

4.

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining 1-guruhda keltirilgan bosh hisobchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

5.

6.

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

7.

Bosh yuriskonsult

14

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

8.

Psixolog

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi psixologining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi.

9.

Raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

Axborot xizmati boʻlimi

10.

Axborot xizmati boʻlimi boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

11.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

12.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

13.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

14.

Yetakchi mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining katta oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

15.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining bosh oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

16.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Kasbga oʻqitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

17.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining bosh oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi

18.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Pedagog va uslubchilar

19.

Ijtimoiy xodim

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

20.

Administrator

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining “Uslubchisi” bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Agentlik tomonidan tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/518/0709-son; 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)