28.08.2024 yildagi O‘RQ-947-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 12-martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 18-mayda maʼqullangan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish, ularni talon-toroj qilish hollarining oldini olish va mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilish orqali bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol qilinadigan energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish tartibini, shuningdek soddalashtirilgan ijro ishini yuritish va sud buyrugʻini chiqarish tartibini yanada takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga kadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak ekanligi haqidagi talab kiritilmoqda. Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta xarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi. Soddalashtirilgan ijro ishini yuritish doirasida davlat ijrochisining zimmasiga ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni ushbu ijro hujjati qaysi sud hujjatiga yoki boshqa organning hujjatiga asosan berilgan boʻlsa, oʻsha sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud mazkur ijro hujjati bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qilish majburiyati ham yuklatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish haqidagi sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnoma, penya hisoblanishi haqidagi va isteʼmolchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish toʻgʻrisidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash haqidagi talab, ushbu talab isteʼmolchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda, shuningdek isteʼmolchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerakligi toʻgʻrisida talab kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini taʼminlash tartib-taomillarini soddalashtirishga hamda inson omilini kamaytirishga, jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 83-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21) isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan maʼmuriy jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga, shuningdek pochta xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro hujjati boʻyicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilingan yoxud qonunga koʻra ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilingan yoxud haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini bergan sudni yoki boshqa organni tegishli axborot olingan kunning ertasidan kechiktirmay ijro ishini yuritish tugatilganligi haqida xabardor qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) 173-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusxalari ham ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va isteʼmolchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning, shuningdek uning isteʼmolchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) isteʼmolchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№ OʻRQ-947
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 03/24/947/0666-son)