12.08.2024 yildagi 497-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 — 2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududlarning qismlarini hududiy va iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish hamda mavjud muammolarning aniq yechimini va ularni hal etish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan master rejalarni ishlab chiqish tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 — 2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalar yoki batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini aniqlash tartibini tasdiqlasin va Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning master rejasini ishlab chiqishga oid talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning master rejasini kelishish, tasdiqlash hamda moliyalashtirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tumanlar va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, hududni rivojlantirish boʻyicha reja va takliflar ushbu hududni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatiga muvofiq boʻlmagan hollarda master reja ishlab chiqilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan uch oy muddatda hududning avval tasdiqlangan shaharsozlik hujjatiga belgilangan tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
497-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — master rejalarni ishlab chiqishda buyurtmachi vazifasini bajaruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda xususiy tashabbuskorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
master reja — hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan, shuningdek, hududlarning qismlarini iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish va ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida mavjud muammolarning aniq yechimi va amalga oshirish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qizil chiziq — dahalar, mavzelar va rejalashtirish tuzilmasi boshqa qismlarining hududlarini aholi punktlarining koʻchalari, tor koʻchalari va maydonlaridan ajratib turuvchi, master-rejada belgilab qoʻyiladigan chegaralar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Master rejalar quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining hududni rivojlantirish boʻyicha reja va takliflari ushbu hududni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatiga muvofiq boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayotganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh yer uchastkasi master reja asosida auksionga chiqarilishi belgilanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik va tadbirkorlik maqsadlari uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar buyurtmachi boʻlgan hollarda, master-rejalarni ishlab chiqish uchun “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq aniqlanadigan va quyidagi minimal talablarga mos keladigan xorijiy va mahalliy tashkilotlar (kompaniyalar), shuningdek iqtisodiyot yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, konsalting, loyihalashtirish, arxitektura va qurilish sohasida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ekspertlar (keyingi oʻrinlarda — Ishlab chiquvchilar) jalb etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va hududni arxitekturaviy hamda shaharsozlik jihatdan rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni rivojlantirish va rejalashtirish konsepsiyalari, strategiyalari, dasturlari va rejalari, shuningdek, viloyat, tuman (shahar) va ularning bir qismi darajasida shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash boʻyicha oxirgi 3 yilda kamida 3 ta shartnoma imzolab, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirgan boʻlishi (ishni qabul qilish boʻyicha dalolatnomaning mavjudligi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Master rejani ishlab chiqish, jumladan, hududni tanlash, tanlangan hududni rivojlantirish yoʻnalishlari va ixtisoslashuvini aniqlash, ushbu hududda quriladigan obyektlarning turi va koʻrinishini belgilash ishlari jamoatchilikning faol ishtiroki hamda takliflarini inobatga olgan holda, shuningdek, “Mening mahallam” platformasida shakllantirilgan maʼlumotlar va tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, buyurtmachi tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda master rejani ishlab chiqishga jalb etilgan Ishlab chiquvchilar ishtirokida joylarda davra suhbatlari, seminar va muhokamalar tashkil etadi hamda ularda tuman (shahar)lardagi aholi, tadbirkorlik subyektlari, hokimlik, tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Master reja ishlab chiqiladigan hudud chegaralari tuman (shahar) hokimlari takliflari asosida 5 ish kunida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (yer toifasi oʻzgartirilayotgan hududlar uchun) Kadastr agentligi, Turizm qoʻmitasi (turizm hududlari uchun) hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hamda qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tanlanadi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master rejasi ishlab chiqilishi belgilangan hudud boʻyicha muhandislik geologiya va topotasvir ishlari buyurtmachi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jalb qiladigan tegishli va litsenziyaga ega boʻlgan tashkilot tomonidan bajarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlangan hudud maydonining kamida 60 foizi “K-SAVDO” va “E-AUKSION” elektron platformalarida tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlarida realizatsiya qilinadigan tuman (shahar) hokimliklari zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalaridan iborat boʻlishi lozim. Yer toifasini oʻzgartirish maqsadida master reja ishlab chiqilayotgan holatlar, renovatsiya va konservatsiya qilinadigan hududlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Master rejani ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Master rejaning aniqlangan hudud chegarasiga asosan buyurtmachi tomonidan loyihalashtirish topshirigʻi ishlab chiqiladi hamda tegishli tuman (shahar) hokimi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Madaniy meros agentligi (Madaniy meros obyektlari mavjud hududlar uchun), Turizm qoʻmitasi (turizm hududlari uchun) hududiy boshqarmalar boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari bilan kelishiladi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Master rejani ishlab chiqish maqsadida buyurtmachi tomonidan quyidagi minimal qismlar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha loyihalashtirish topshirigʻi tayyorlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning joriy iqtisodiy-ijtimoiy holati boʻyicha tahlil. Bunda, asosiy eʼtibor yerdan foydalanish holati va uning ixtisoslashuvi, hududning rivojlanishiga taʼsir etuvchi iqtisodiy-ijtimoiy omillar, aholining soni va oʻrtacha oylik daromadi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, yashil maydon bilan qamrab olingani, jamoat joylari, transport, muhandislik-kommunikatsiya, oqova suv tizimi infratuzilmalari, tabiiy gaz va energotaʼminot holati, xizmatlar sohasi boʻyicha holat, shu jumladan, turizm, taʼlim, tibbiyot, mahalla faollari hamda mahalliy tadbirkorlarning fikr va mulohazalariga qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni iqtisodiy rivojlantirish salohiyati va zaxiralari. Bu masalada hududning geografik joylashuvi va iqtisodiy “drayverlari”ni aniqlagan holda yuqori daromadli investitsiya loyihalari, ishlab chiqarishni, xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish va qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish imkoniyatlari, transport va logistikani rivojlantirish imkoniyatlari, turizm (ekoturizm), madaniy koʻngilochar majmualari va dam olish maskanlarini rivojlantirish salohiyati, tibbiyot va tibbiy xizmatlar, savdo, turizm, hunarmandchilik hamda koʻp qavatli uylar va massivlarni (davlat dasturlari asosida barpo etilayotgan massivlar bundan mustasno) qurish imkoniyatlariga eʼtibor qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududni rivojlantirish tasavvurlari va maqsadlari. Bunda manfaatdor tomonlar bilan kelishgan holda, hududni kelgusida rivojlantirishning konseptual yoʻnalishlari va maqsadli koʻrsatkichlari ishlab chiqiladi. Asosiy eʼtibor hududni funksional zonalashtirish, “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini keng qoʻllagan holda hududni iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirishda yaqin (3 yilgacha), oʻrta (3 yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq) muddatda amalga oshiriladigan ishlar, investitsiyalar, hududning infratuzilmalarini yanada yaxshilash, yashil maydonlarni koʻpaytirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish choralarini belgilashga qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilayotgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirish. Bunda, yuqori salohiyatga ega boʻlgan loyihalarni aniqlagan holda investitsiya hajmini aniqlash, shu jumladan, yoʻllar, jamoat transporti, koʻpriklar, temir yoʻl kesishmalari, boʻsh yerlarni tozalash, chiqindilarni yigʻish boʻyicha zarur choralar, maktablar va tibbiy xizmatlar uchun talab qilinadigan investitsiya, jamoat joylarini qayta loyihalashtirish, piyodalar marshrutlari, toʻxtash joylari, avtobus bekatlari, ofislar, tijorat binolari, savdo obyektlari, mehmonxonalar, doʻkonlar yoki restoranlar kabi yangi koʻchmas mulk uchun kerak boʻlgan investitsiya hajmlari hamda kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalari va yangi ish oʻrinlariga eʼtibor qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerdan foydalanish va master reja loyihasi. Bunda investitsiya loyihalarning joylashuvini koʻrsatgan holda yerdan foydalanish rejasini tuzish, arxitektura koʻrsatmalari va dizayni, joylashtirilayotgan investitsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi (jumladan, loyihalarning mantiqiy joylashuvi, tashkil etilayotgan transportning samaraligi va infratuzilmalarning oʻzaro mosligi, madaniy meros obyektlari himoyalangani), loyihaviy yechimlar boʻyicha xalqaro tajribadan kelib chiqib, dunyo namunalarining sxemalari va fotosuratlarini keltirgan holda tarixiy obyektlar turizmi, ekoturizm, gastronomik turizm, shuningdek, turizmning boshqa turlarini joylashtirish nuqtalari, ularga olib boradigan avtomobil va piyoda yoʻllari hamda transport turlari, mehmonxona va motellar hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalari tizimlari, jamoat joylarining loyihasi, shuningdek, binolarning joylari va buzilishi mumkin boʻlgan muammoli maydonlar hamda qizil chiziqlar belgilab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini auksion orqali sotish maqsadida yer uchastkalari (lot) pasportlarini shakllantirish. Bunda, elektron onlayn auksionlar orqali sotiladigan boʻsh yer uchastkalari va sotish navbatlari belgilanadi. Jumladan, har bir yer uchastkasini funksional zonalarga ajratish, ruxsat berilgan faoliyat turlarini belgilash, mavjud cheklovlar va muammolarni koʻrsatib bergan holda lotlar va pasportlar shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan loyihalashtirish topshirigʻiga master rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Loyihalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadigan xorijiy va mahalliy tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar va ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Master rejani ishlab chiqishdan avval loyihalashtirish topshirigʻida belgilangan vazifalar buyurtmachi ishtirokida tegishli tuman (shahar) hokimligi, vazirlik va idoralarning tuman (shahar) boʻlinmalari, mahalla raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida muhokama qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokamadan soʻng master reja loyihalashtirish topshirigʻi asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishlab chiquvchilar master rejaning dastlabki va yakuniy natijalarini buyurtmachi ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli tuman (shahar) hokimligi, tuman tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kamida ikki marta muhokama qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda muhokama master rejaning dastlabki natijalari taqdim etilgandan soʻng 3 ish kunida, yakuniy natijalari topshirilgandan soʻng 5 ish kunida buyurtmachi tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur muhokamalarda tegishli tuman va shahar hokimi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari, “Hududgaztaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy boʻlinmalari rahbarlari yoki ularning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijasi boʻyicha bayonnoma muhokamada vakillari qatnashgan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Master rejalar ishlab chiqilishini tashkil etish uchun buyurtmachi tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalar, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda xalqaro moliya tashkilotlari mutaxassislari ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Master rejani kelishish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Master reja ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master reja buyurtmachi tomonidan oʻzining rasmiy yoki koʻpchilik uchun maʼlum boʻlgan veb-saytga joylashtiriladi hamda 5 ish kuni mobaynida muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijalari 2 ish kuni ichida master rejaga oid fikrlarni toʻplash hamda jamoatchilik muhokamasi yigʻilishining bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Master reja quyidagi vakolatli organlar bilan kelishiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar) hokimligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasi (Madaniy meros obyektlari mavjud hududlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm qoʻmitasining hududiy boshqarmasi (turizm hududlari uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master reja zaruratga koʻra, buyurtmachi tomonidan boshqa davlat organlari, tashkilot va muassasalar bilan ham kelishilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishib olish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Master rejaning loyihalashtirish topshirigʻi hamda master rejani ishlab chiqish haqidagi shartnoma shartlariga muvofiq emasligi uni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master rejani boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master reja kelishish rad etilgandan keyin kelishib beruvchining eʼtirozlariga muvofiq kamchiliklarni bartaraf etib, master reja kelishish uchun qayta kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master reja kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda, 5 ish kunida takroriy kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Master rejani takroran koʻrib chiqishda kelishib beruvchilar tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Master reja kelishilgandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 ish kuni ichida master rejani koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 ish kunida ishlab chiqilgan master rejani roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Master rejani ishlab chiqishni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar master rejani ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida hududlarning bosh rejasi, arxitektura-rejalashtirish va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratiladigan ssuda mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar mahalliy budjetlari va ularning qoʻshimcha mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar budjetlari va ularning qoʻshimcha mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari grantlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar, jismoniy va yuridik shaxslar va boshqa donorlarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra tashabbuskorlar mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master rejani ishlab chiqishni moliyalashtirish tartibi tegishli moliyalashtirish manbalari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tasdiqlangan master rejaga oʻzgartirishlar ushbu hujjatni tasdiqlagan organning qaroriga muvofiq hamda belgilangan tartibda kelishilgandan soʻng kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududning master rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Master rejani ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi

Master reja ishlab chiqiladigan hudud chegaralari tuman va shaharlar hokimlari takliflari asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (yer toifasi oʻzgartirilayotgan hududlar uchun) Kadastr agentligi, Turizm qoʻmitasining (turizm hududlari uchun) hududiy boshqarmalari bilan kelishish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hamda qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tanlash va tasdiqlatish.

5 ish kunida

2-bosqich

Buyurtmachi

Master rejasi ishlab chiqilishi belgilangan hudud boʻyicha muhandislik geologiya va topotasvir ishlarini amalga oshirish.

belgilangan muddatda

3-bosqich

Buyurtmachi

Master rejaning aniqlangan hudud chegarasi hamda geologiya va topotasvir ishlari, shuningdek, boshqa talab etiladigan hujjatlarga asosan loyihalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish.

belgilangan muddatda

4-bosqich

Buyurtmachi

Loyiha topshirigʻi asosida ishlab chiqilgan master rejani viloyat hokimligi, tegishli tuman (shahar) hokimligi, tuman tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kamida ikki marta muhokama qilish.

master rejaning dastlabki natijalari taqdim etilgandan soʻng 3 ish kunida, yakuniy natijalari topshirilgandan soʻng 5 ish kunida

5-bosqich

Buyurtmachi

Ishlab chiqilgan master rejani veb-saytga joylashtirish.

5 ish kunida

6-bosqich

Buyurtmachi

Master rejaga oid fikrlarni toʻplash hamda jamoatchilik muhokamasi yigʻilishining bayonnomasini rasmiylashtirish.

2 ish kunida

7-bosqich

Buyurtmachi

Jamoatchilik muhokamalari natijalariga koʻra, master rejani kelishish uchun tegishli tuman (shahar) hokimligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Madaniy meros agentligi, Turizm qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar)ga yuborish.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Vakolatli organlar

Master reja kelib tushgandan soʻng uni kelishish va buyurtmachiga joʻnatish.

10 ish kunida

9-bosqich

Vakolatli organlar

Master reja yuzasidan kelishishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda, takroriy kelishish.

5 ish kunida

10-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

1. Master reja loyihasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.

5 ish kunida

2. Ishlab chiqilgan master rejani amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash.

10 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
master reja — hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan, shuningdek, hududlarning qismlarini iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish va ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida mavjud muammolarning aniq yechimi va amalga oshirish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan hujjat”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qaroriga asosan 2026-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2024-y., 09/24/497/0641-son; 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son)