Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha Harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3374-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-son “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 23-iyundagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3374, 2022-yil 28-iyun) (Qonun hujjatlar maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y.,10/22/3374/0582-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-avgust,
412-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 10/22/3374-1/0597-son)