“TASDIQLANDI”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vaziri
B.UMURZOQOV
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
Sh. ABDULLAYEV
1998-yil 5-fevral
12-02-1/57-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
A. AKBAROV
1998-yil 26-yanvar
44/02-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi
D. JAHONGIROVA
1998-yil 13-mart
DJ-07/137-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi
B. YOʻLDOShEV
1998-yil 10-fevral
05/69-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat Soliq qoʻmitasi
Sh. SATTOROV
1998-yil 24-fevral
98-19-son
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
A. ERDONAYEV
1998-yil 25-fevral
07/01-son
KORXONA, TAShKILOT, MUASSASA, JAMOA XOʻJALIGI, OʻQUV YuRTINING IJTIMOIY SUGʻURTA BOʻYIChA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 9-aprelda 431-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 29-avgustdagi 32-B-sonli “Korxona, tashkilot, muassasa, fermer xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 431-2, 16.09.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi, kooperativ, oʻquv yurtining maʼmuriyati tomonidan xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qildirish uchun yigʻilishi va sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻlarni toʻgʻri va samarali yigʻish hamda sarflashga oid tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlashni tartibga solish uchun tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Komissiya aʼzolari soni, tarkibi, rais, zarur xollarda, rais muovini Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda rahbarning buyrugʻi yoki xoʻjalik boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga korxona rahbarining muovini va bosh hisobchisi va kasaba uyushmasi vakili hamda kadrlar boʻlimi xodimi kiritiladi.
1.3. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaning taklifiga binoan, komissiya aʼzolarining biri, rahbar buyrugʻi bilan, nafaqalarni tayinlash va hujjatlarni rasmiylashtiruvchi vakil qilib tayinlanadi.
1.4. Komissiya raisi (vakili) pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qilinadigan barcha xarajat hujjatlariga imzo qoʻyadi va mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Komissiyaning asosiy vazifalari
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qaroriga, mazkur Nizom va boshqa meʼyoriy hujjatlarga binoan ishchilar, xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy sugʻurtasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan xodimlarning pensiya taʼminotini amalga oshirishda tashkilot maʼmuriyatiga yordam beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya
2.2. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinganligi oqibatida kelib chiqqan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlaydi, nafaqa tayinlashni rad etish, undan (toʻliq, yoki qisman) mahrum etish masalalarini hal qiladi, nafaqa olish huquqi, uning miqdori toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi, kasallik varaqalarining va nafaqa tayinlash boʻyicha boshqa hujjatlarning asosli va toʻgʻri berilganligini koʻrib chiqadi.
2.3. Ijtimoiy sugʻurta badallarining toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi, ularning Pensiya jamgʻarmasiga oʻz vaqtida oʻtkazilishi, mablagʻlarni toʻgʻri sarflanishi, shuningdek bu mablagʻlar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga beriladigan hisobotlar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
2.4. Komissiya mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida kelib chiqqan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun nafaqa toʻlashga xarajatni pensiya jamgʻarmasiga qaytarilishini taʼminlaydi. Maʼmuriyat tomonidan sugʻurta badallari kam hisoblanib oʻtkazilgani aniqlansa badallarning toʻliq va oʻtgan kunlar uchun ustama hisoblanib toʻlanishini talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.5. Ishlayotgan pensionerlar hisobini olib boradi va pensiyaning toʻgʻri toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
2.6. Mehnatda mayiblanish hamda kasb kasalligiga chalinganlik oqibatidagi nogironlik pensiyalarini, shuningdek “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-(“b”—“j”-bandlari) va 15-moddasiga binoan tayinlangan pensiyalarni toʻlash uchun sarflangan mablagʻlarni Pensiya jamgʻarmasiga qaytarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.7. Ishlayotgan pensionerlar, nogironlar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda yordamlashadi.
2.8. Mehnat jamoasida ijtimoiy sugʻurta va pensiya taʼminoti boʻyicha amaldagi qonunlar toʻgʻrisida leksiyalar, maslahat kengashlari va suhbatlarni tashkil qiladi.
2.9. Mehnat jamoasida xodimlar va ular oilalarining ijtimoiy sugʻurtasi, pensiya taʼminoti boʻyicha olib borilayotgan ishlarning oshkoraligini taʼminlaydi.
2.10. Sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosligini, tekshiradi.
III. Komissiyaning ish tartibi
3.1. Komissiya majlislari zarur hollarda oʻtkaziladi.
3.2. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya qaroridan norozilik tugʻilganda Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaning vakil qilingan aʼzosining qarori boʻyicha esa Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Ijtimoiy sugʻurta komissiyasining nafaqalar tayinlash boʻyicha vakilining vazifalari
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha vakil qilingan komissiya aʼzosi:
4.1. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish, bola tugʻilganlik, dafn marosimi boʻyicha (mazkur Nizomning 2.2-bandida aytib oʻtilgan hollardan tashqari) nafaqalarni tayinlaydi.
4.2. Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyaning ish yurituvchilik, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa tayinlash bayonnomalarini yozish ishlarini olib boradi.
4.3. Tashkilotning hisob-kitob boʻlimiga nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni hisoblash va toʻlash uchun taqdim etadi hamda 4-PJ hisobotini tayyorlashda ishtirok etadi.
“Korxona, tashkilot, muassasa jamoa xoʻjaligi, oʻquv yurtining ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisida”gi Nizomga quyidagi oʻzgarish hamda qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi № 459-sonli qaroriga muvofiq “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari, Pensiya jamgʻarmasi soʻzlariga almashtirildi.
Umumiy qoidalar boʻlimining 1,2-bandining ikkinchi soʻz boshidagi “raisi” soʻzi “vakili” soʻzi bilan almashtirildi.
Mazkur boʻlimning 1,4-bandi, 1,3-bandi bilan oʻrni almashtirildi, bu bilan mazmun jihatidan bogʻlanish yaxshilandi.
Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiya boʻlimining 2,3-band; 2,6; 2,7; 2,10; 2,11; 2,12; 2,13; 2,14-bandlari va 3,4; 3,5; 4,1 va 4,2-bandlari bekor qilindi.
Mazkur bandlardagi vazifalar Kasaba uyushmalari kengashi va Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari xodimlari zimmasiga yuklatilgan qoʻllanma va buyruqlar mavjud boʻlgani uchun yuqorida koʻrsatilgan bandlar Nizomdan chiqarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qarorida ham yuqorida bekor qilingan bandlardagi vazifalar mavjud emas.
Bundan tashqari Nizomda mavjud boʻlgan gramatik xatolar tuzatildi.