Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2009 16.04.1994 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.03.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN RO‘YXATGA OLGANLIK UChUN UNDIRILADIGAN YIG‘IMLARI STAVKALARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrdagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalarining miqdorlari quyidagicha belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va savdo-vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosiblik va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim to‘lovchilardan undiriladigan yig‘im stavkalarining aniq miqdorlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari tomonidan belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘imlar summasi tadbirkor ro‘yxatga olingan joydagi tegishli budjetga qo‘shiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi hamda ularni ro‘yxatga olish tartibi ustidan nazoratni davlat soliq organlari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 5-bandining “p” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda ayrim to‘lovchilardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘imlar stavkalarini aniq miqdorlarda belgilasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 16-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1994-yil., 4-son, 22-modda)