03.06.1998 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.06.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QORAQALPOGʻISTON VA URGANCH DAVLAT UNIVERSITETLARINING TIBBIYOT FAKULTETLARINI HAMDA FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETINING TIBBIYOT MARKAZINI QAYTA TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot kadrlari tayyorlash sifatini oshirish, oliy tibbiy taʼlim muassasalari kadrlar potensialini va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq oʻquv, ilmiy-tadqiqot va davolash jarayonlarining izchilligi hamda oʻzaro aloqasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston va Urganch davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlari va Fargʻona davlat universitetining tibbiyot markazi tegishli ravishda Toshkent tibbiyot pediatriya, Birinchi Toshkent va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari filiallariga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etish Qoraqalpogʻiston va Urganch davlat universitetlarining tibbiyot fakultetlari, Fargʻona davlat universitetining tibbiyot markazi xarajatlari va joriy faoliyati uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston va Urganch davlat universitetlari tibbiyot fakultetlarining, Fargʻona davlat universiteti tibbiyot markazining talabalar kontingentini, professor-oʻqituvchilar tarkibi xodimlarini, maʼmuriy-boshqaruv va xoʻjalik xodimlarini, asosiy fondlarni va moliyaviy mablagʻlarini ularning balansidan Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent tibbiyot pediatriya, Birinchi Toshkent va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari filiallari balansiga bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Qoraqalpogʻiston filiali, Birinchi Toshkent tibbiyot institutining Urganch filiali va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutining Fargʻona filiali toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, institutlar ustavlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi bilan birgalikda 1998/99 oʻquv yilida koʻrsatib oʻtilgan filiallarga qabul qilish boʻyicha test sinovlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 1-avgustgacha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tashkil etilayotgan filiallarning oʻquv rejalarini, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini tanqidiy ravishda qayta koʻrib chiqsin, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq tuzatishlar kiritilgan oʻquv rejalarini va dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning 1998-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan filiallarning professor-oʻqituvchilar tarkibining, moddiy-texnika bazasi va oʻquv-uslubiy jihozlanishining mustahkamlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning klinik amaliyotini oʻtkazish uchun filiallarga ilgʻor tibbiyot va davolash muassasalarini biriktirib qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining budjet koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm va Fargʻona viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasalariga oʻquv-moddiy bazalarini mustahkamlash, ularni professor-pedagog kadrlar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filiallarga ilgʻor korxonalar va tashkilotlar tomonidan homiylik qilinishini, ularning faoliyatini tashkil etish uchun mablagʻ bilan taʼminlashning budjetdan tashqari qoʻshimcha manbalari jalb qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-son qarori 1-bandining Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus filialini, Birinchi Toshkent tibbiyot institutining Urganch filialini qayta tashkil etishga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239-son