03.06.2024 yildagi 4396-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 03.06.2024 yildagi 4396-IV-son
Kuchga kirish sanasi
03.06.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) taʼkidlaydiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) ijrosi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan budjet parametrlari doirasida amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyoda davom etayotgan murakkab global siyosiy va iqtisodiy vaziyatga qaramasdan mamlakatimizda keng qamrovli islohotlarning izchil davom ettirilishi, iqtisodiyotning liberallashtirilishi, tadbirkorlarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi, fiskal va monetar siyosatning oʻzaro muvozanatli yuritilishi Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʻsish surʼatlarini saqlab qolish imkoniyatini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada joriy yilning birinchi choragida yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlari taʼminlanib, yalpi ichki mahsulot hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga oʻsib, Davlat budjeti daromadlari hisobot davrida rejaga nisbatan 111,3 foizga yoki 5,3 trln. soʻmga oshirib bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ijtimoiy davlat prinsiplariga amal qilingan holda Davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarining 89,5 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga yoʻnaltirilgan. “Ochiq budjet” portali orqali “Tashabbusli budjet” hamda “Mening yoʻlim” loyihalari budjet mablagʻlarini aholi farovonligiga xizmat qiladigan, fuqarolar tashabbusi asosida shakllangan loyihalarga ustuvor ravishda yoʻnaltirishga va ularning natijadorligini taʼminlashga zamin yaratmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shu bilan birga Davlat budjetining ijrosini taʼminlash borasida ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, Davlat budjetidan yetarlicha mablagʻlar ajratilgan boʻlsa-da, biroq ayrim vazirliklar va idoralar tomonidan mablagʻlar oʻz vaqtida hamda toʻliq oʻzlashtirilmasdan qolmoqda.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar 13,4 foizga oʻzlashtirilgan. Bolalarni, tugʻish yoshidagi va homilador ayollarni maxsus profilaktik preparatlar bilan bepul taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash boʻyicha ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joylarida yashaydigan talabalar uchun davlat sherigiga beriladigan subsidiyalar uchun ajratilgan mablagʻlar 8,4 foizga oʻzlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan choʻl, togʻli va togʻoldi hududlarda choʻllanish va qum koʻchishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya oʻrmonlarini (ihota) barpo etish xarajatlari 1,2 foizga, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning hamda chiqindilarni utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrlarini yuritish xarajatlari 15 foizga oʻzlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratilgan mablagʻlar 16 foizga oʻzlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratilgan mablagʻlar umuman oʻzlashtirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetini shakllantirish, tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish hamda uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek hisobotlarning tayyorlanish va tasdiqlanish jarayonlarini avtomatlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shuningdek ayrim vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar, budjet tashkilotlari tomonidan budjet jarayoniga oid maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirishga doir ishlar lozim darajada tashkil etilmagan.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning barqaror oʻsish surʼatlarini va Davlat budjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlarini taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli choralarni davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda markazlashgan investitsiyalar, mahalliy budjet mablagʻlaridan hamda boshqa manbalardan ajratilayotgan mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlash choralarini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning Davlat budjetida koʻzda tutilgan xarajatlarini Davlat budjeti barqarorligini taʼminlagan holda oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat budjeti xarajatlari oʻzlashtirilmaganligi holallarini tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tahlil qilgan holda, xarajatlarning maqsadli oʻzlashtirilishini taʼminlash;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan budjet intizomi buzilishi, kamomad va maqsadsiz xarajatlarga yoʻl qoʻyilishi holatlarini bartaraf etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

qoʻshimcha daromadlar manbalarini aniqlash va ularning toʻliq undirilishini taʼminlash;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish, boqimanda qarzdorliklarni kamaytirish hamda ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oʻrganish va bu borada deputatlar nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga davlat rivojlantirish dasturlari boʻyicha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilmasligi holatlarini va sabablarini oʻz faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilib, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining axborotini qoʻmita yigʻilishlarida eshitib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga joylarga chiqish davomida “Tashabbusli budjet” hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini moliyalashtirishga hamda amalga oshirilayotgan loyihalar sifatini nazorat qilishga bagʻishlangan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining yigʻilishlarida ishtirok etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4396-IV-son