Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.06.2003 yildagi 237-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ANDIJON—TOShKENT—NUKUS—QO‘NG‘IROT—BEYNOV AVTOMAGISTRALI QURILIShIDA YO‘L IShLARINI TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon—Toshkent—Nukus—Qo‘ng‘irot—Beynov tezyurar avtomagistrali qurilishida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish va yo‘l xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi “Taxiatosh don” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Sihatgoh” sog‘lomlashtirish maskanini hamda bolalar bog‘chasini tegishli ravishda “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni va Taxiatosh shahar hokimligi tasarrufiga tekin o‘tkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasining “Taxiatosh don” aksiyadorlik jamiyati ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni belgilangan tartibda balansdan balansga o‘tkazsin, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni va Taxiatosh shahar hokimligi tegishli ravishda qabul qilib olsinlar va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 4-dekabrdagi 424-son qaroriga 4-ilova (Tugatiladigan va sotiladigan obyektlar ro‘yxati)dan 1-band chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 2-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237-son