O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “YaRMARKA SAVDOSINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2002 YIL 13 NOYABRDAGI 391-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 1, 3 va 4-ilovalarga qisman o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasi boshlig‘i S.L. Xojiberganov Yarmarka savdolari o‘tkazish bo‘yicha respublika kengashining kotibi etib tasdiqlansin, M.R. Azamatov bu vazifadan ozod qilinsin;
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining oziq-ovqat tovarlari boshqarmasi boshlig‘i N.T. Ahmadjonov Oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha yarmarka qo‘mitasining kotibi etib tasdiqlansin, M.M. Hakimov bu vazifadan ozod qilinsin;
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasining yetakchi mutaxassisi R.Sh. Abdullayev Yengil sanoat tovarlari bo‘yicha yarmarka qo‘mitasining kotibi etib tasdiqlansin, S.S. Azizov bu vazifadan ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-may,
218-son