25.06.2024 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni taftish tartibida koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni taftish tartibida koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan qarorlari, shuningdek, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarorlari ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 32424, 32425-moddalariga muvofiq, birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha qarorlari, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqargan qarorlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga, uning qonuniy vakiliga, advokatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanuvchiga, uning qonuniy vakiliga, advokatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiya sudlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxasi uch kun mobaynida oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga, maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga, shuningdek, oʻzining iltimosiga koʻra, jabrlanuvchiga, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida protest keltirgan prokurorga topshiriladi yoki yuboriladi (MJtKning 32411-moddasi, 32419-moddasining oʻn uchinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunga koʻra, taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga topshiriladi yoki joʻnatiladi (MJtKning 32423-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan qarorlari, shuningdek, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarorlari ustidan keltirilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolik, iqtisodiy ishlarni koʻrib chiqish paytida shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida chiqarilgan sud qarori ustidan taftish shikoyati (protesti) tegishlicha, Fuqarolik, Iqtisodiy protsessual kodekslarida belgilangan tartib va muddatlarda beriladi (MJtKning 315-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MJtKning 32426-moddasiga muvofiq, taftish shikoyati (protest) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan shikoyat (protest) berishning olti oylik muddati shikoyat (protest) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga binoan taftish instansiyasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi holatlar uzrli deb topilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning kasalligi, oilaviy ahvoli (oila aʼzolarining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shaxsning qilmishida jinoyat alomatlari aniqlanganligi, taraflardan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi, shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda taftish tartibida shikoyat berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisida sudya tomonidan taraflarning ishtirokida, sud majlisi haqida tegishli tartibda ogohlantirilgan taraflar kelmagan hollarda esa ularning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest) keltirish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi ajrimda muddatni oʻtkazib yuborishning sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablari koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. MJtKning 32427-moddasida taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, taftish instansiyasi sudi shikoyat, protest beruvchi shaxs tomonidan ushbu talablarga rioya etilganligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish shikoyati (protest) qayd etilgan talablarga javob bermasa, sudya MJtKning 32430-moddasiga muvofiq uni bergan shaxsga koʻrib chiqmasdan xat bilan qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga koʻra, taftish tartibidagi shikoyat (protest) quyidagi holatlarda ham koʻrib chiqilmasdan, xat bilan qaytarilishi mumkin (MJtKning 32430-moddasi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat (protest) MJtKning 32424 va 32425-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat (protest) shikoyat keltirish muddatini oʻtkazib berilgan va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi mumkin boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MJtKning 32424, 32425 va 32427-moddalarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng shaxs takroran umumiy tartibda shikoyat (protest) bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. MJtKning 32429-moddasiga muvofiq, taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni qaytarib olishga haqli. Shu bilan birga oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning qarori chiqarilgan shaxs oʻz advokatining taftish tartibida berilgan shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida berilgan shikoyat(protest)ni qaytarib olishga taftish instansiyasi sudi alohida xonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) sud muhokamasi boshlanguniga qadar qaytarib olinganda, sud uni bergan shaxsga xat bilan qaytaradi. Shikoyat (protest) sud muhokamasi boshlanganidan soʻng berilgan boʻlsa, sud MJtK 32438-moddasining 6-bandiga muvofiq taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan ham taftish tartibida shikoyat (protest) berilgan boʻlsa, sud faqat shikoyat (protest)ni qaytarib olgan shaxsga nisbatan taftish tartibida ish yuritishni tugatadi va boshqa shaxslarga nisbatan ish yuritishni davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni inobatga olish lozimki, shikoyat (protest) qaytarib olinishi munosabati bilan taftish tartibida ish yuritishning tugatilishi MJtKning 32426-moddasida belgilangan muddatlarda shikoyat (protest) bilan qayta murojaat qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy sud sudyasi tomonidan tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan qarorlari ustidan taftish instansiyasiga kelib tushgan shikoyat va unga ilova qilingan materiallar, zarur boʻlgan hollarda esa ish hujjatlari ham talab qilib olingan holda oʻrganiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish zarur boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosari tomonidan ham talab qilib olinishini mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni oʻrganib chiqishda shunga eʼtibor qaratish lozimki, unda bayon etilgan vajlar sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan shubha uygʻotgan har bir holatda ish chaqirtirib olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, quyidagi holatlar yuzasidan shubha tugʻilganda ish talab qilib olinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud xulosalarini ishning haqiqiy holatlariga muvofiqligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MJtKning normalariga rioya qilinganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayinlangan jazoning adolatliligiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish MJtKning 271-moddasiga asosan tugatilishi lozim boʻlgan hollarda ham talab qilib olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda shakllantirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni oʻrganish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi (MJtKning 2691-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa, ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Bunda muddat taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudyaning ish yurituviga kelib tushgan paytdan, ish talab qilib olinganida esa, ish kelib tushgan paytdan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. MJtK 32431-moddasining mazmuniga koʻra, sud qarorini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrim faqatgina taftish tartibidagi shikoyatni oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi protestni qaytarish uchun asoslar mavjud boʻlmasa (MJtKning 32430-moddasi), sudya ishni koʻrib chiqish uchun tayinlaydi va Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazadi, bu haqda ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda sud majlisiga taraflarni va boshqa ishtirokchilarni chaqirish koʻrsatilishi, shuningdek, MJtKning 32433-moddasida belgilangan boshqa masalalar hal qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MJtK 32434-moddasi talablarining bajarilishi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ishtirokchilarining huquqlari taʼminlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kiritilganligi, shikoyat (protest)ning koʻchirma nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida uch sutka ichida xabardor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda tarafning shikoyatga (protestga) nisbatan eʼtirozlari sudga kelib tushmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. MJtKning 32435-moddasiga muvofiq, sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinishi kerak. Chaqiruv qogʻozi pochta orqali joʻnatilishi yoki chopar orqali topshirilishi, telefonogramma, telegramma, telefaks yoki boshqa har qanday aloqa vositasi orqali ham yuborilishi mumkin. Tegishli tartibda xabardor qilinganlik haqidagi maʼlumotlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor etilgan shaxslarning kelmaganligi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar va ishdagi boshqa hujjatlar bilan tanishish imkoniyati berilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud sudyasi tomonidan taftish tartibida yakka tartibda koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudya maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ishni taftish tartibida ish yuritish xususiyatlarini inobatga olgan holda birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqadi (MJtKning 32437-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqishda undagi vajlar bilan chegaralanmasdan, ishda mavjud, shuningdek, sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillar bilan birga ishni toʻliq hajmda tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudida ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan kiritilgan iltimosnomalarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha sud ajrim chiqaradi. Sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan ajrimlar, maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnoma alohida xonada chiqarilib, alohida hujjat shaklida rasmiylashtiriladi va sudya tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrishda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarining qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud qarori, basharti u moddiy va protsessual qonunning barcha talablariga rioya etilgan holda chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilgan dalillar asosida chiqarilgan qaror asoslantirilgan deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror, basharti tayinlangan maʼmuriy jazo chorasi sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsiga oid maʼlumotlar inobatga olingan holda tayinlangan boʻlsa, adolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. MJtKning 321-moddasida vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilish va oʻzgartirishning umumiy asoslari belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, bu asoslarni qarorni oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan sud chiqargan qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan ishni toʻliq boʻlmagan holda yoki bir tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror va sud tomonidan qoʻllanilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun normalari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ish boʻyicha faktik holatlarga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilgan maʼmuriy jazoning adolatsizligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Shikoyat (protest)ni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, taftish tartibida quyidagi qarorlar ham qabul qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining vakolatli organning maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaroriga nisbatan shikoyat berish muddatini tiklashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan berilgan xususiy shikoyatni (protestni) qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyatni (protestni) qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida (MJtKning 316-moddasi, 3243-moddasining 3-qismi, 32414-moddasining toʻrtinchi qismi).
(18-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi qarori chiqarilgach darhol oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taftish instansiyasi sudi ish holatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshirilganligini, MJtK normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligini, huquqbuzarlikni kvalifikatsiya qilishda moddiy qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilganligini, tayinlangan maʼmuriy jazo chorasi MJtK 30-moddasining talablariga muvofiqligini aniqlasa, birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlarini oʻzgarishsiz qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Taftish instansiyasi sudi birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya sudlari qarorlarini oʻzgartirishda quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik kvalifikatsiyasini maʼmuriy jazo chorasini oʻzgartirmagan holda oʻzgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik kvalifikatsiyasini maʼmuriy jazo chorasini yengillashtirgan holda oʻzgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy jazo chorasini MJtK maxsus qismi tegishli moddasining sanksiyasi doirasida oʻzgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash haqidagi MJtK 34-moddasining talablari buzilgan holatlarda qonunga muvofiqlashtirib oʻzgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MJtK maxsus qismining muayyan moddasini yoki huquqbuzarlik epizodlarini chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy zarar miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, huquqbuzarlik ashyolari toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi MJtKning 33-moddasiga muvofiq, bunday qaror qabul qilinishi sabab va asoslarini koʻrsatgan holda, MJtK tegishli moddasining sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazoni yoki mazkur moddada nazarda tutilmagan boshqa jazoni qoʻllashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. MJtKning 278-moddasiga muvofiq, agar ishni koʻrib chiqish paytida taftish instansiyasi sudi huquqbuzarning harakatlarida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlarini bekor qiladi va ish hujjatlarini asoslantirilgan qaror bilan birga prokurorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov yoki surishtiruv organi ish hujjatlarini oʻrganib chiqish va tekshirish natijasi boʻyicha huquqbuzarning harakatlarida jinoyat alomatlari yoʻq degan xulosaga kelsa, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishni jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holatda maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Taftish instansiyasi sudi, agar jabrlanuvchining, uning vakilining yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organning shikoyatini yoxud prokuror protestini koʻrib chiqish natijalariga koʻra, jazo chorasini ogʻirlashtirish yoki qilmishni MJtK maxsus qismining ogʻirroq javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish zarurati bor, degan xulosaga kelsa, birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari qarorlarini bekor qiladi va yangi qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sudlarga tushuntirilsinki, agar taftish tartibidagi shikoyat (protest)ni koʻrib chiqish paytida MJtKning 271-moddasida (10, 101-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri aniqlansa, sud qarorlari bekor qilinishi, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish esa, tugatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MJtK 324-moddasining birinchi qismiga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni tugatish orqali qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi toʻlab olib qoʻyilgan yoki musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek, ilgari qabul qilingan qaror bilan bogʻliq cheklashlarni bekor qilishga asos boʻladi. Narsani qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun moʻljallangan boʻlsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi. Mazkur qoida MJtK 271-moddasining 5, 7, 9-bandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroni gʻayriqonuniy ravishda maʼmuriy qamoqqa olish natijasida unga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Taftish instansiyasi sudi ish boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, bu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar koʻrish uchun korxona, muassasa, tashkilot rahbari nomiga taqdimnoma kiritishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi tomonidan bunday taqdimnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish uchun masʼul organ (mansabdor shaxs) tomonidan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan hollarda ham kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Taftish instansiyasi sudi qarori oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va uzil-kesil hisoblanib, uning ustidan shikoyat (protest) bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi (yangi ochilgan holatlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, taftish instansiyasining qarori ish bilan birga birinchi instansiya sudiga yoki boshqa sudga uch kunlik muddatda yuborilishi lozim. Qaror chiqarilgan shaxsga uning koʻchirma nusxasi uch kunlik muddatda yuboriladi yoki topshiriladi, shuningdek, jabrlanuvchiga uning soʻroviga binoan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish kerakki, maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgan ish boʻyicha chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxasi qarorni ijro etuvchi organga, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qaror qabul qilingan kunning oʻzidayoq yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida ishlarni taftish tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son