02.07.2024 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ko‘kdala ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda respublikada sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirishda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish va ilm-fan yutuqlarini joriy etish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global iqlimning keskin o‘zgarishi va suv resurslarining tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda ilm-fanni rivojlantirish, turli stress omillarga nisbatan chidamli eksportbop sabzavot va poliz ekinlari nav hamda va duragaylarini yaratish, resurs tejaydigan ilg‘or agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos eksportbop mahalliy sabzavot va poliz ekinlari navlarini yaratish, intensiv sabzavot va polizchilik tizimini yo‘lga qo‘yish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarini o‘zlashtirish va sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy-ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) muassisligida “Ko‘kdala ilmiy-tajriba stansiyasi” davlat muassasasini (keyingi o‘rinlarda — Tajriba stansiyasi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumani D. Safarov hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi 495q, 509q konturlardagi sug‘oriladigan 14,0 gektar va Ko‘kdala hududidagi 2874q, 2875q konturlardagi sug‘orilmaydigan (lalmi) 30,0 gektar yer maydonlarini ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va urug‘chilikni tashkil qilish maqsadida Tajriba stansiyasiga o‘ttiz yil muddatga ijara huquqi asosida ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Tajriba stansiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan nav va duragaylarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish va ularning hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarga tajriba stansiyasida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Tajriba stansiyani saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida qoplanadi, 2025-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Tajriba stansiyasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni saqlash, shuningdek, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida o‘tkaziladigan tadqiqotlardan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tajriba stansiyasi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanining “Torjilg‘a” MFY Maqsud Shayxzoda ko‘chasidagi 45-uyda joylashgan Qarshi davlat universitetiga qarashli 1 qavatli yordamchi (o‘quv ustaxonasi) binosiga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Tajriba stansiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladigan yordamchi (o‘quv ustaxonasi) bino hamda ijara huquqi asosida ajratiladigan 44,0 gektar yer uchastkasini xatlovdan o‘tkazib, ko‘chmas mulk obyektlarini kadastr hisobiga olinishi va kadastr yig‘majildini shakllantirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasida “9 ta hududiy ilmiy-tajriba stansiyalari” blokidagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev va qishloq xo‘jaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2024-y., 09/24/377/0464-son)