Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XAVFLI GEOLOGIK JARAYoNLARNI KUZATISh DAVLAT XIZMATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ayrim togʻ va togʻoldi tumanlarining oʻzlashtirilishi, xavfli geologik jarayonlar, ayniqsa koʻchkilarning faollashishi, ularning sodir boʻlish mintaqalari va koʻlamlarining kengayishi sababli texnogen taʼsirning ortishi munosabati bilan aholini va xalq xoʻjaligi obyektlarini yuz berishi mumkin boʻlgan falokatlar va ularning oqibatlaridan himoya qilishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining ixtisoslashgan muhandislik-geologiya boʻlinmalari negizida Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida umumiy ish haqi fondi va xodimlar soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati (Davlat kuzatish xizmati) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/909/0247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/909/0247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/909/0247-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi kodeksiga hamda Davlat kuzatish xizmatining yozma buyruqlarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida takliflar tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-aprel,
194-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/909/0247-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 909-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/909/0247-son)