19.06.2024 yildagi PF-91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda davlat boshqaruvini samarali tashkil etish, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni taʼminlash, fuqarolar va xalqaro hamkorlar uchun ochiq, shaffof va samarali muhit yaratishga qaratilgan tizimli islohotlar natijasida mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlari tobora yaxshilanib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, keyingi besh yilda Oʻzbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 16, Korrupsiyani qabul qilish indeksida 32, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida 18, Iqtisodiy erkinlik indeksida 31, Logistika samaradorligi hamda Global innovatsiya indekslarida 11 pogʻonaga yuqorilashga erishdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, respublikamizda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament rolini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida (keyingi oʻrinlarda — Oliy Majlis Senati) Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruzani (keyingi oʻrinlarda — milliy maʼruza) muhokama qilish tartibini joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Senati tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning roʻyxatini tasdiqlashda tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga mutasaddi vazirlik va idoralar biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrni yaxshilanishi, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar) erishilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yildan boshlab respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan biri sifatida ularning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaxshilashga qaratilgan faoliyati belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaxshilashda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaxshilash, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalarini biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy maʼruza tayyorlanishini tashkil etish va uni dastlabki tarzda koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xalqaro tajribalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrniga taʼsiri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yarim yilda ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaxshilash hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobotlar taqdim etib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi Respublika kengashining ishchi organlari etib belgilanganligi hamda ularga quyidagi vazifalar yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning oʻrnini yaxshilash, shuningdek, ushbu sohadagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Respublika kengashiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Senati va Respublika kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda belgilangan chora-tadbirlarning vazirlik va idoralar tomonidan ijrosini doimiy monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili milliy maʼruza tayyorlanishini taʼminlash va uni dastlabki koʻrib chiqish uchun Respublika kengashiga hamda muhokama qilish uchun Oliy Majlis Senatiga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tizimli muammolar, shu jumladan vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatidagi kamchiliklari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Respublika kengashiga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari, mustaqil nashrlar va nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro ekspert va konsultantlar bilan samarali xalqaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro reyting va indekslar natijalari boʻyicha eʼlon qilingan hisobotlarni ommaviy axborot vositalarida hamda xalqaro tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarida aks ettirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid xalqaro va xorijiy tadbirlarda ishtirok etish, respublikada davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy Majlis Senatiga bir oy muddatda vazirlik va idoralarni biriktirgan holda, ustuvor xalqaro reyting va indekslarning roʻyxatini hamda maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro reyting va indekslarning ustuvor sohalari hamda ularning ishchi organlar boʻyicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi organlar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) takomillashtirilgan holda ishga tushirilishini hamda kelgusida uning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Yagona portalda ustuvor xalqaro reyting va indekslar sohasida maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni shakllantirish, ularning ijrosini monitoring hamda tahlil qilish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda yuqori oʻrinlarni egallagan ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda, ularni Oʻzbekiston sharoitida tatbiq qilish imkoniyatlarini baholab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-sentabrga qadar mamlakatimizning reyting koʻrsatkichlarini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish boʻyicha yangi taklif va tashabbuslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Respublika kengashiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mutasaddi vazirlik va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan axborotni, shuningdek, tegishli maʼlumotlar, statistika axborotlari va boshqa materiallarni ishchi organlarga kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli reyting hisobotlari eʼlon qilingandan soʻng bir hafta muddatda ishchi organlarga tahliliy maʼlumotlar taqdim etib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-dekabrga qadar oʻzlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari kesimida kelgusi yil uchun amaliy chora-tadbirlar dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqib, ishchi organlarga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha xalqaro tashkilotlarning maʼlumotlar bazalaridan foydalanish, ularga obuna boʻlish, reyting agentliklari mutaxassislarini, xalqaro ekspert va konsultantlarni jalb qilish, respublikada forumlar hamda boshqa tadbirlar tashkil etish, targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, Yagona portalni takomillashtirish va uni saqlab turish hamda ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan bogʻliq boshqa xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishchi organlar hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda respublikaning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlari, ularning jamiyat hayotidagi tutgan oʻrni hamda mohiyatini aholi orasida keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-91-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA KENGASHINING TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Respublika kengashi raisi

2.

A.X. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Respublika kengashi raisining oʻrinbosari

3.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

4.

B.M. Mavlonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi

5.

B.J. Islamov

Oliy sud raisi

6.

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

7.

A.J. Tashkulov

adliya vaziri

8.

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

9.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

10.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

11.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

12.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

13.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

14.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

15.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

16.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

17.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

18.

Lavozim boʻyicha

sogʻliqni saqlash vaziri

19.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

20.

X.X. Meliyev

adliya vaziri oʻrinbosari

21.

M.B. Nurmuratov

Markaziy bank raisi

22.

Lavozim boʻyicha

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

23.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

24.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

25.

B.S. Hamrayev

Milliy statistika qoʻmitasi raisi

26.

A.E. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

27.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

28.

D.M. Saidjonov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

29.

K.N. Ishanxodjayev

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

30.

A.T. Orinbayev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʻrinbosari

31.

Lavozimi boʻyicha

viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro reyting va indekslarning ustuvor sohalari va ularning ishchi organlar boʻyicha taqsimoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

1. Iqtisodiy samaradorlik.

2. Inson kamoloti, barqaror rivojlanish va turizm.

3. Sogʻliqni saqlash.

4. Elektron hukumat.

5. Global raqobatbardoshlik.

6. Taʼlim.

7. Gender tenglik va ijtimoiy inklyuzivlik.

Adliya vazirligi:

1. Huquq ustuvorligi.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik.

3. Boshqaruv sifati.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4210-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Respublikadagi tadqiqot institutlariga ularga biriktirilgan alohida xalqaro reytinglar boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uygʻunligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-246-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidagi “Moliya va Adliya vazirliklari” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha har yili bir marotaba qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (keyingi oʻrinlarda — malaka oshirish kurslari) joriy etilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmoni 15-bandining toʻrtinchi xatboshisi va Farmonga 3-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5687-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi PF-6003-son Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmoniga 2-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6268-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6280-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-197-son Farmoniga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmonining 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-257-son Farmoniga 5-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-108-son Farmoniga 5-ilovaning 4 va 12-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4210-son qarorining 7-bandi va qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qarorining 12-bandi va qarorga 6-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uygʻunligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-246-son qarorining 1, 3, 4-bandlari hamda qarorga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-462-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)