30.05.2024 yildagi 4378-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 30.05.2024 yildagi 4378-IV-son
Kuchga kirish sanasi
30.05.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2024-yil 31-may kuni oʻtkazilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi QL-1123-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga erni va yer osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1141-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Yer va yer osti boyliklarini asrab qolish va muhofaza qilishdagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1163-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1166-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Turkmaniston Mudofaa vazirligi oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Ashxobod, 2023-yil 4-oktabr va Toshkent, 2023-yil 30-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1165-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. Zakirovning qoʻshimcha javobi haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A. Kuldashevning “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyati samaradorligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovga “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichiga — “Raqamli hukumat” tizimiga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4378-IV-son