Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013 07.10.1994 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.04.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VALYuTA BOZORINI RIVOJLANTIRIShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy valyuta — so‘mning ichki erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida 1994-yil 15-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan va rezidentlari bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi barcha to‘lovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valyutada — so‘mda amalga oshirilishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Pespublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari o‘zlarining valyuta schyotlari va banklardagi omonatlaridan mablag‘larni, shuningdek, ular bo‘yicha foizlarni chet el valyutasida yoki so‘mda belgilangan tartibda olish huquqiga egadirlar. Yuridik shaxslarga respublika hududida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun vakil qilingan banklarda so‘mlarda hisob-kitob schyotlari ochish tavsiya qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1994-yil 15-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomaladagi valyuta (EMV) da savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan xorijiy fuqarolarga, taqiqlansin, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin muomaladagi valyutaga sotib olingan tovarlarni sotuvchi savdo korxonalari va tashkilotlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar narxnomalarda tovarning erkin muomaladagi chakana narxini ko‘rsatsinlar hamda amaldagi valyuta almashish kursi ko‘rsatkichlarini albatta ilib qo‘ysinlar.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakil qilingan banklar va O‘zbekiston respublika valyuta birjasi a’zolari sonini kengaytirish, valyuta oboroti miqdorlarini har tomonlama ko‘paytirish choralarini ko‘rish tavsiya qilinsin. Yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta almashtirish bo‘yicha savdolarda vakil qilingan tegishli banklar orqali qatnashishlari maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 7-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
499-son