Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Qishloq xoʻjalik korxonalarining oila (jamoa) pudratlarida va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalarida chek daftarchalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 985-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan 2000-yil 18-oktabrda 32-4-176-son bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjalik korxonalarining oila (jamoa) pudratlarida va boshqa ichki xoʻjalik boʻlinmalarida chek daftarchalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 985, 2000-yil 25-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 22-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-may,
11-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori B. BEGALOV
2024-yil 25-aprel
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
2024-yil 16-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2024-y., 10/24/985-1/0408-son)