Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022 22.03.1994 yildagi 153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022
Hujjat 22.03.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XOʻJALIK BIRLAShMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmonining 12-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va boshqalar), mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida davlat roʻyxatidan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan xoʻjalik birlashmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi hamda ularning daromadi tegishli budjetga musodara qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik birlashmalarining 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishlarini taʼminlash majburiyatlarini yuklasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR hududidagi Nizomning 1-bandidan “birlashmalar” soʻzi chiqarib tashlansin (OʻzSSR, QT, 1991, 6-son, 19-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 22-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 22-martdagi
153-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishi kerak boʻlgan xoʻjalik birlashmalari deb korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan mustaqil korxonalarning boshqa birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan, tarmoq, hududiy yoki boshqa prinsiplar boʻyicha birgalikdagi faoliyatni muvofiqlashtirish va yuritish, ularning huquqlarini taʼminlash, tegishli davlat organlarida va boshqa organlarda ularning umumiy manfaatlarini ifodalash maqsadida tashkil etilgan boshqa birlashmalar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlardagi xoʻjalik birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xoʻjalik birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼsis shartnomasi va Ustav qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsis shartnomasi va Ustavning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari, tovar belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yangidan tashkil etilayotgan xoʻjalik birlashmalari uchun –– agar uning ishlab chiqarish faoliyati uchun yer uchastkasi talab etilsa, yerdan foydalanuvchining rozilik xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korxonaning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi mahalliy organlarida roʻyxatdan oʻtkazganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xoʻjalik birlashmasini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdorda yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xoʻjalik birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Olingan mablagʻning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolganlari respublika (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis hujjatlari oʻzgarganda yoki ularga qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, xoʻjalik birlashmasi qayta tashkil etilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi, buning uchun roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjalik birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur hujjatlar ilova qilingan xolda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza olingan paytdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga olingandan keyin10 kun muddatda korxona joylashgan joydagi soliq organlariga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat hokimliklarining Adliya boshqarmalari davlat roʻyxatidan xoʻjalik birlashmalarining 1-ilovaga muvofiq reyestrini yuritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Roʻyxatga olingan xoʻjalik birlashmasiga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Faoliyat koʻrsatib turgan xoʻjalik birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlgan taʼsis hujjatlari taqdim etilganligi munosabati bilan uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda, roʻyxatga oluvchi bu haqda hisob-kitob operatsiyalarini toʻxtatish uchun mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka maʼlum qiladi. Xoʻjalik birlashmalarini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyxatga oluvchi organ sifatida xoʻjalik birlashmalari tomonidan oʻzlarining taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, xoʻjalik birlashmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga aralashish, ustavda nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanish va boshqalar) roʻyxatga oluvchi organ birlashmadan xoʻjalik sudi orqali eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xoʻjalik birlashmalari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsalar hamda taʼsis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsalar, roʻyxatga oluvchi organ ularni tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki ularning tuzilmasida shuningdek faoliyat turlarida oʻzgartishlar yuz bergan taqdirda, ular bir hafta muddatda roʻyxatdan oʻtkazgan organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizom xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan xoʻjalik birlashmalariga, shu jumladan, qoʻshma korxonalar, xalqaro birlashmalar, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalari tomonidan tashkil etilayotgan xoʻjalik birlashmalariga joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 22-martdagi 153-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududidagi xoʻjalik birlashmalarining

REESTRI

Reyestr №________________‎‎ Reyestr varaqasi__________________‎‎
Xoʻjalik birlashmasining nomi_________________________________________
_____________________________________________________________________‎‎
_____________________________________________________________________‎‎
Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana 199______yil “__________” ____________________

Qayd etish № va reyestrga kiritilgan sana

Faoliyat turi

Xoʻjalik birlashmasining manzili

Tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 22-martdagi 153-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ADLIYA VAZIRLIGI

Xoʻjalik birlashmasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

199____yil “_____” __________________
Mazkur guvohnoma __________________________________________________da

(adliya organining nomi‎)

Roʻyxatga olingan__________________________________________________‎ga
berildi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana‎

Reyestr‎

199____yil “_____” __________________‎ №_________‎
Keyingi tahrirga qarang.