22.05.2024 yildagi PQ-184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil 2-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2016-yil 8-dekabrda Gamburg shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligini va PROPARKOni ta’sis etish va faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Fransiya tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-184-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2024-y., 07/24/184/0361-son)