25.10.2002 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.10.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 11-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandi chiqarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanishi haqida”gi 12-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Tushuntirilsinki, MKning 101-moddasiga koʻra, jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq, korxona tugatilishi munosabati bilan yoki MK 100-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga koʻra, jumladan korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining roziligini olish talab etilmasligi eʼtiborda tutilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy sud Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandi chiqarilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 13-bandidagi “Kassatsiya va nazorat sud bosqichlari” soʻzlari “Nazorat instansiyasi sudlari” bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandidagi “tuman hamda viloyat prokurorlari” soʻzlari “tuman, viloyat va ularga tenglashtirilgan prokurorlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi v.b. A. IShMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi X. HASANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 25-oktabr,

28-son