O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hay’ati a’zolari soni 9 (to‘qqiz) nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
|
1. |
Xudayarov Asilbek Anvarovich |
— |
vazir v.b. |
|
2. |
Sultanov Davron Taxirovich |
— |
vazirning birinchi o‘rinbosari v.v.b. |
|
3. |
Basitxanova Elmira Irkinovna |
— |
vazir o‘rinbosari |
|
4. |
Sharipov Farrux Raximovich |
— |
vazir o‘rinbosari |
|
5. |
Tashpo‘latov Farxodjon Muxammadjonovich |
— |
vazir o‘rinbosari |
|
6. |
Omonov Olim Murodullayevich |
— |
vazir o‘rinbosari |
|
7. |
Yusupaliyev Baxodir Kaxramanovich |
— |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi |
|
8. |
Azizov Abdulla Abdusalamovich |
— |
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori |
|
9. |
Alimov Anvar Valiyevich |
— |
Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i |
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqdi saqlash vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 17-dekabrdagi 760-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
262-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/262/0340-son)