O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida
Navoiy shahri markazining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va hududni obodonlashtirish, investorlar uchun jozibadorligini oshirish, zamonaviy obyektlar qurish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarori hamda “Navoiy viloyatining Karmana tumanidan Navoiy shahri tarkibiga o‘tkazilgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2022-yil 7-iyuldagi F-62-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxati quyidagi tahrirdagi 13-band bilan to‘ldirilsin:
“13. “Yangi Navoiy shaharchasi” ishbilarmonlik markazi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-aprel,
192-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2024-y., 09/24/192/0271-son)