05.04.2024 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash hamda aholining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini alkotester yordamida aniqlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini alkotester yordamida aniqlash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va (yoki) xodimlari (keyingi oʻrinlarda — masʼul xodimlar) tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi alkotester yordamida tekshiruvdan oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgandan boshqa hollarda alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlikni aniqlash taqiqlanadi, yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs alkotester yordamida tekshiruvdan oʻtkazilib, uning organizmida alkogol mavjudligi aniqlansa, biroq natijalari boʻyicha ushbu shaxsda eʼtirozlar mavjud boʻlgan taqdirda, uning organizmida alkogol mavjudligi aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun ushbu shaxs masʼul xodimlar tomonidan tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari alkotesterlar bilan toʻliq taʼminlangunga qadar shaxslar tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash boʻyicha masʼul xodimlar uchun maxsus oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-2025-yillarda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari asosida tuman (shahar) ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich alkotesterlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-apreldagi 190-son qaroriga
1-ILOVA

Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarida alkotester yordamida shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari va (yoki) xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkotester yordamida alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini aniqlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkotester — shaxs tomonidan havoga chiqarilgan etanol bugʻlarini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qogʻozda aks ettiruvchi maxsus moslama;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkotester tekshiruvi — huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan shaxslarning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligini alkotester yordamida tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodimlar — ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga tekshiriluvchi shaxsni olib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi shaxs — huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlariga olib kelingan hamda alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holati alkotester orqali tekshiriladigan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy tekshiruv — huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash maqsadida tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib borilgan shaxsning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatini tekshirish maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruv.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tekshiriluvchi shaxs alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi masʼul xodimlar tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda alkotester yordamida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar alkotester tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning ogʻiz boʻshligʻidan alkogol hidi kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning bir holatda toʻgʻri tura olmasligi (chayqalib turishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs nutqining buzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs qoʻl barmoqlarining qaltirashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs yuz terisi rangining sezilarli oʻzgarganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Masʼul xodimlar alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holatda boʻlib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni aniqlagan taqdirda, ushbu shaxslarni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 644-son qarori bilan tasdiqlangan Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Alkotester tekshiruvi davomida alkotesterdan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Alkotester tekshiruvi kamida ikki nafar xolis ishtirokida, zarur hollarda esa shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Alkotester tekshiruvidan oldin masʼul xodimlar tekshiriluvchi shaxs va xolislarni alkotesterning ishlash tartibi va koʻrsatkichlari bilan tanishtiradi, ularning talabiga asosan qiyoslash sertifikati (nusxasi)ni koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjat va boshqa koʻrsatkichlar bilan tanishtirilmaganda yoki maxsus moslama nosozligiga shubha mavjud boʻlganda yoxud alkotester tekshiruvini oʻtkazish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari buzilganda, shaxs alkotester tekshiruvidan oʻtishdan bosh tortishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Alkotester tekshiruvi jarayonida masʼul xodim tomonidan tekshiriluvchi shaxs bilan muloqotda xushmuomala, unga nisbatan xatti-harakatlari tushunarli va qonunchilik talablari asosida boʻlishi, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatini aniqlash uchun alkotester tekshiruvini oʻtkazishda tekshiriluvchi shaxs tomonidan chiqarilgan havo namunasi alkotester moslamasini qoʻllash yoʻriqnomasiga asosan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tekshiriluvchi shaxsning ogʻiz boʻshligʻidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlar konsentratsiyasi koʻrsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hollarda, masʼul xodimlar tekshiriluvchi shaxsga nisbatan alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilganligi holati yuzasidan xolislar ishtirokida (alkotester moslamasining qiyoslash sertifikati raqami bayonnomada koʻrsatiladi) bayonnoma rasmiylashtiradi hamda alkotester tekshiruvi natijalarini ushbu bayonnomaga ilova qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tekshiriluvchi shaxs alkotester yordamida alkotester tekshiruvidan oʻtishdan bosh tortgan yoki unda texnik vositalar orqali oʻtkazilgan alkotester tekshiruvi natijalariga eʼtiroz mavjud boʻlgan hollarda, masʼul xodimlar ushbu shaxsni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchi shaxs tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasida ham tibbiy tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortgan taqdirda, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼul xodimlarning alkotesterdan foydalanish, uni saqlash, qabul qilish, topshirish va uning hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Masʼul xodimlarning alkotester tekshiruvini oʻtkazishda fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Masʼul xodimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi shaxsga oʻzini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida maʼlumot berish, uning talabiga koʻra xizmat guvohnomasini ochiq holda koʻrsatishi (bunda xodim tomonidan xizmat guvohnomasini huquqbuzar ixtiyoriga (qoʻliga) berishi taqiqlanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har qanday vaziyatda tekshiriluvchi shaxs bilan vazmin, xushmuomala, odobli va eʼtiborli boʻlish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, ular bilan oʻzaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi shaxs va xolislarni alkotesterning ishlash tartibi va koʻrsatkichlari bilan tanishtirish, ularning talabiga asosan qiyoslash sertifikati (nusxasi)ni koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlash zarurati mavjud boʻlgan shaxsni alkogolli ichimlik isteʼmol qilgan deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uni belgilangan tartibda alkotester tekshiruvi yoki tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil qilish, alkogolli ichimlik isteʼmol qilgan yoki isteʼmol qilmaganligini aniqlash uchun tekshiruv oʻtkazilishidan bosh tortgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etilmagan, qiyoslash sertifikatga ega boʻlmagan, qiyoslash sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud boʻlmagan alkotesterdan foydalanmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi shaxsga alkotester tekshiruvi yoki tibbiy tekshiruv oʻtkazish jarayonidagi huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiriluvchi shaxsni alkotester tekshiruvi natijalarining nusxasi bilan taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul xodimlar qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Masʼul xodimlar xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra alkotester tekshiruvini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chogʻida fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida maxsus elektron maʼlumotlar bazasidan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul xodimlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tekshiriluvchi shaxsning masʼul xodimlar bilan oʻzaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tekshiriluvchi shaxs masʼul xodimlar bilan oʻzaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodimlardan nima sababdan ichki ishlar organlariga olib kelinganligini, oʻzini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini koʻrsatishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkotester tekshiruvi natijalari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan alkotesterning qiyoslash sertifikatini koʻrsatishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodimlarning harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi maʼmuriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkotester tekshiruvidan bosh tortish va tibbiy tekshiruv oʻtkazilishini talab qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchi shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tekshiriluvchi shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodimlarning qonuniy talablariga boʻysunishi va ularni bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonida shaxsini tasdiqlovchi yoki oʻzini identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlari boʻlgan hollarda masʼul xodimlar talabiga koʻra ularni tekshirish uchun taqdim etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchi shaxsga alkotester tekshiruvi jarayonida yuqoridagilardan boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlmagan tekshiriluvchining shaxsi ichki ishlar organlarining vakolatli xodimlari tomonidan maxsus elektron maʼlumotlar bazasidan yordamida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati mavjud emasligi uni alkotester tekshiruvi yoki tibbiy tekshiruvdan oʻtkazmaslik uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiy tekshiruv ichki ishlar organlariga olib kelingan vaqtda yoki uzogʻi bilan ikki soat ichida oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatida ekanligiga gumon qilingan shaxs har taraflama klinik tekshiruvdan oʻtkaziladi va etanol bugʻlari bor-yoʻqligini aniqlash maqsadida ulardan chiqarilayotgan nafas havosi namunasi olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatining klinik belgilarini aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda (shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatilishini talab qiluvchi holatlar), tekshiruvdan oʻtkazish uchun qon namunasi masʼul xodimning qarori asosida tegishli davolash-profilaktika muassasalarida olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tekshiriluvchi shaxsning alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa qonning laboratoriya tekshiruvi natijalari asosida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chiqarilayotgan nafas havosi tarkibidagi alkogol miqdorini va sifatini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanishga ruxsat etilgan hamda tekshiruvdan oʻtgan alkotesterlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tibbiy tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi bayonnoma tuziladi. Bayonnomada tekshiruv sanasi va tartib raqami alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxslar hisobini yuritish daftarining tartib raqamiga muvofiq holda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bayonnomaning barcha bandlari hech qanday qisqartirish va boshqa oʻzgartirishlarsiz toʻldiriladi. Bayonnoma tibbiy tekshiruvni oʻtkazgan shifokor tomonidan imzolanadi va tekshiruv oʻtkazilgan tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxsga tibbiy tekshiruv bayonnomasi nusxasi (qogʻoz yoki elektron shaklda) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Biologik suyuqliklarning va chiqarilayotgan nafas havosi tarkibining laboratoriya tekshiruvi natijalari inobatga olingan kompleks tibbiy tekshiruv natijalari tekshiriluvchi shaxsning holati toʻgʻrisidagi xulosaning asosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tekshiriluvchi shaxs tekshiruvdan yoki ayrim tekshiruv turidan bosh tortgan hollarda, shifokor tomonidan daftarga va bayonnomada “tekshiruvdan bosh tortdi” deb yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tibbiy tekshiruv asosida xulosa tuziladi, unda tekshiriluvchi shaxsning tekshiruv vaqtidagi holati aniq yoritilishi zarur. Shifokor xulosa tuzayotganda, quyidagi holatlardan birini belgilashi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holati aniqlanmadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holati aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxs tekshiruvdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi xulosa bilan uni olib kelgan masʼul xodimlar oldida tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tekshiriluvchi shaxsda xulosaga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlgan hollarda, u boshqa tibbiyot muassasasida qayta tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni talab qilishga haqli. Bunda qayta tibbiy tekshiruv alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holati aniqlangan yoki masʼul xodim shaxsning alkogolli ichimliklar isteʼmol qilganligi boʻyicha asoslarini maʼlum qilgan paytdan boshlab, uzogʻi bilan bir soat ichida boshqa yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasida oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiriluvchi shaxs alkogolli ichimlik isteʼmol qilganlik holatini aniqlash yuzasidan xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiy tekshiruvdan oʻtishini maʼlum qilgan taqdirda, tekshiriluvchi shaxs xususiy tibbiyot muassasasida oʻz hisobidan tekshiruvdan oʻtkazilib, tekshiruv toʻgʻrisida maʼlumotnoma olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-apreldagi 190-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-2025-yillarda tuman (shahar) ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlarini bosqichma-bosqich alkotesterlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar)lar soni

Alkotester

(dona)

2024-yilda

2025-yilda

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

17

8

9

2.

Andijon viloyati

17

9

8

3.

Buxoro viloyati

13

6

7

4.

Jizzax viloyati

13

7

6

5.

Qashqadaryo viloyati

15

8

7

6.

Navoiy viloyati

11

6

5

7.

Namangan viloyati

14

7

7

8.

Samarqand viloyati

16

8

8

9.

Surxondaryo viloyati

15

8

7

10.

Sirdaryo viloyati

11

6

5

11.

Toshkent viloyati

22

11

11

12.

Fargʻona viloyati

19

9

10

13.

Xorazm viloyati

13

7

6

14.

Toshkent shahri

12

6

6

Jami

208

106

102

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Zaruratga koʻra ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari qoʻshimcha alkotesterlar bilan taʼminlanishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2024-y., 09/24/190/0269-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 02.12.2025-y., 09/25/754/1119-son)