1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.06.00 Favqulodda ekologiya vaziyatlari va ekologiya ofati mintaqalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-avgustdagi OʻRQ-790-sonli “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 19-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan (bundan buyon matnda favqulodda vaziyatlar deb yuritiladi) muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon boʻlishi, ularning sogʻligʻi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, saʼy-harakatlari majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkazilib, favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlar sogʻligʻini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkazilib, odamlar hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarni halqaga olib, xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik, inson hayoti va sogʻligʻining ustuvorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotning oʻz vaqtida berilishi va ishonchli boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan koʻrilishi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oshkora boʻladi.
LexUZ sharhi
Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi va ularga nisbatan alohida muhofaza rejimi qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari aholining va hududlarning favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish holati hamda ularning xavfsizligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralar haqida, oldindan bashorat qilinayotgan va roʻy bergan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida, ulardan aholini muhofaza qilishning usul va yoʻllari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini oʻz vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mansabdor shaxslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotning yashirilishi, oʻz vaqtida taqdim etilmasligi yoki bila turib yolgʻon axborot taqdim etilishi ularning qonun hujjatlariga muvofiq javobgarligiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot bilan taʼminlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILIShNI TAʼMINLASh TIZIMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining, vazirlik va idoralarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat koʻrsatishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qarori.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari yaratilishini taʼminlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga oid kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jihatidan taʼminlashni, ularni maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sogʻligʻini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor boʻlishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar boʻyicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi oʻtkazilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay boʻlib turishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqning va oʻz tasarrufidagi obyektlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida barqaror ishlash imkoniyatini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasini, nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalarni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tasarrufidagi obyektlar xodimlarini harbiylashtirilmagan tuzilmalar tarkibida favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining va hududlarning muhofazalanish holati toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot berishlari, shuningdek tarmoq xodimlarini favqulodda vaziyat tahdidi borligi toʻgʻrisida xabardor qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq oʻz tasarrufidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlar tashkil etilishi, moliyalanishi va oʻtkazilishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta muhim obyektlar va ularning xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida oʻz faoliyatlarini davom ettirishlari taʼminlanadigan punktlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maxsus kuchlari va vositalari tashkil etilishini, tayyorgarlikdan oʻtkazilishini va shay boʻlib turishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tasarrufidagi obyektlar loyihalanishi, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi chogʻida aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalariga oid talablar bajarilishini nazorat qilib borishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxati belgilab qoʻyiladigan, potensial xavf manbai boʻlgan obyektlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar shtat lavozimlarini joriy etadilar. Boshqa obyektlarda esa masʼul shaxslar tayinlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar chogʻida aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining va hududlarning muhofazalanishiga oid axborotlar belgilangan tartibda toʻplanishi va almashinilishini, shuningdek favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki roʻy berganligi toʻgʻrisida aholi oʻz vaqtida voqif va xabardor etilishini amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratadilar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini moliyalashni amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga yordamlashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha korxona, muassasa va tashkilotlar kuchlari va vositalarining shay holda turishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya, halokat, tabiiy ofatlar sodir boʻlgan zonalarda qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni amalga oshirish uchun avariya-qutqaruv kuchlari (shu jumladan tezkor harakat boʻlinmalari) va maxsus tuzilmalarning doimo shay boʻlib turishini tashkil etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni tashkil etadilar hamda amalga oshiradilar, shuningdek bunday ishlar oʻtkazilishi chogʻida jamoat tartibi saqlanishiga koʻmaklashadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha zarur choralarni rejalashtirishlari, moliyalashlari va amalga oshirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf manbai yuqori boʻlgan obyektlar xavfsizligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda deklaratsiya taqdim etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni favqulodda vaziyatlar sharoitida harbiylashtirilmagan tuzilmalar tarkibida muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va doimo shay holatda saqlab turishlari hamda favqulodda vaziyatlar tahdidi borligi yoki roʻy berganligi toʻgʻrisida xodimlarni oʻz vaqtida xabardor qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar sharoitida obyektlar ishi hamda xodimlar hayot faoliyati barqaror kechishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-himoya inshootlari, zaruratga qarab, oldindan barpo etilishini taʼminlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar roʻy berishi ehtimolini nazarda tutib, belgilangan tartibda moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish kuchlari va vositalari yaratilishini, tayyorgarlikdan oʻtkazilishini hamda shay boʻlib turishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq oʻz tasarrufidagi obyektlarda avariya-qutqaruv ishlari oʻtkazilishini taʼminlashlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ixtisoslashgan xizmatlar va tuzilmalarni yaratishlari, ularni shaxsiy tarkib, texnika va anjom bilan toʻldirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni oʻtkazishlari va odamlarni joylashtirish uchun oldindan bazalar tayyorlab qoʻyishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida axborotlar taqdim etishlari shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari, suv taʼminoti manbalari, ijtimoiy va madaniy obyektlarning sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Jamoat birlashmalarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlar manbalari va ularni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida davlat hokimiyat va boshqaruv organlaridan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda axborot olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan bashorat qilish tabiiy ofatlarni, texnogen avariyalar va halokatlarni tekshirish va nazorat qilish maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar monitoringini oʻtkazish va ularni oldindan bashorat qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. FUQAROLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.07 Boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat roʻy berganda hayotlari, sogʻliqlari va shaxsiy mol-mulklari muhofazalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan, mahalliy hokimiyat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun moʻljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat hududining muayyan joylarida boʻlganda ular duch kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatar darajasi toʻgʻrisida hamda zarur xavfsizlik choralari haqida xabardor boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarda ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mobaynida majburiyatlarini bajarish chogʻida sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyalar hamda imtiyozlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirgan kasalligi munosabati bilan mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, nogironligi mehnatda mayib boʻlish oqibatida kelib chiqqan xodimlarga belgilangan tartibda pensiya olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boquvchisini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish majburiyatlarini bajarish chogʻida orttirgan mayiblik yoki kasallikdan halok boʻlganligi yoki vafot etganligi munosabati bilan yoʻqotganda, mehnatda mayib boʻlish tufayli halok boʻlgan shaxsning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda pensiya olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyozlar turlari va miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.08.00 Fuqarolarning asosiy (konstitutsion) majburiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar roʻy berishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzilishiga yoʻl qoʻymasliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish yoʻllarini oʻrganishlari hamda oʻz bilim va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar roʻy berishiga olib kelishi mumkin boʻlgan avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi toʻgʻrisida tegishli organlarga xabar berishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogohlantirish belgilarini, yurish-turish qoidalari va harakat qilish tartibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni oʻtkazishda yordamlashishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el davlatlarining fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy oʻquv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oʻrgatish umumiy va majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va oliy oʻquv yurtlarida, malaka oshirish muassasalarida, kurslarda, maxsus oʻquv-uslubiyat markazlarida va ish joyida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targʻib etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targʻib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilimlarni targʻib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. FAVQULODDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar hududi va obyektlarida bunday vaziyat roʻy bergan korxona, muassasa va tashkilotlarning, vazirlik, idora va hokimliklarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi. Zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qoʻshimcha kuchlar va vositalar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning chegaralarini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning chegaralari davlat organlarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning tegishli rahbarlari tomonidan Favqulodda vaziyatlar tasnifiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha qutqaruv, avariya ishlari va boshqa ishlar tegishli organlar qaroriga binoan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyat bartaraf etilganidan soʻng davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar atrof tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, fuqarolarning hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarning hayot faoliyatini tiklash tadbirlarini amalga oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan kuchlar tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan kuchlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy ixtisoslashgan avariya-qutqaruv boʻlinmalari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining tegishli tuzilmalari hamda boʻlinmalaridan iborat. Mazkur boʻlinmalar tarkibi hamda ularni qoʻllash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun qoʻshinlar va harbiy tuzilmalarni jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Qurolli Kuchlarning, boshqa qoʻshinlar va harbiy tuzilmalarning kuchlari va vositalari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. YAKUNIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlari oldindan, Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda ularni shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
824-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2010-y., 37-son, 316-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )