1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3504]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” Qonuni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir I. ABDURAHMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 21-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining direktori A. ABDUKAYUMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 24-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 23-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 7-martdagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining (bundan buyon matnda gʻoʻza urugʻliklari deb yuritiladi) genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya (bundan buyon matnda vakolatli laboratoriya deb yuritiladi) xulosasini olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — xorijdan gʻoʻza urugʻliklarini olib keluvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genetik tozalik — gʻoʻza urugʻliklarining genetik jihatdan tozaligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
polimeraza zanjir reaksiyasi (bundan buyon matnda PZR deb yuritiladi) — gʻoʻza urugʻliklari dezoksiribonuklein kislota (bundan buyon matnda DNK deb yuritiladi) molekulasining maʼlum bir qismini karrali koʻpaytiradigan usul;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
molekulyar-genetik tahlil — gʻoʻza urugʻliklarining irsiy xususiyatlarini oʻrganish usullari toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
genotiplash — PZR reaksiya mahsulotlarining molekulyar ogʻirliklari boʻyicha guruhlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statistik tahlil — molekulyar-genetik tahlil natijasida olingan maʼlumotlarni statistik tahlil etib, gʻoʻza urugʻliklari namunalarida navdorlikning (genetik tozalikning) foizini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli laboratoriya — gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillarni oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) Genomika va bioinformatika markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi vakolatli laboratoriyada molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vakolatli laboratoriyada gʻoʻza urugʻliklarini va ushbu urugʻlikka oid hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ariza beruvchi tomonidan vakolatli laboratoriyaga molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillarni oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatdan gʻoʻza urugʻliklariga berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fitosanitariya sertifikati;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.06.00 Oʻsimlik dunyosidan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish tartibi. Litsenziyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karantin ruxsatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza urugʻligining yorligʻidan namuna;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza urugʻligining tovar-transport yuk xati, invoys yoki hisob-faktura.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakolatli laboratoriya tomonidan ariza beruvchidan mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilmagan hujjat va maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli laboratoriya tomonidan mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlar ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida oʻrganib chiqiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan yoxud notoʻgʻri taqdim etilgan taqdirda, vakolatli laboratoriya tomonidan ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda maʼlum qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan arizada mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ariza beruvchi hamda vakolatli laboratoriya oʻrtasida gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillarni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.02 Toʻlov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli laboratoriya tomonidan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish uchun toʻlov miqdori ushbu laboratoriya sarflagan xarajatlar doirasida Akademiya tomonidan vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi hamda vakolatli laboratoriya oʻrtasida shartnoma tuzilgandan soʻng molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) davlat inspektori tomonidan gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun ushbu gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar olish Oʻz DSt 1080:2005ga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agentlikning davlat inspektori tomonidan molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar olish natijalari boʻyicha dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va ularning bir nusxasi ariza beruvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlikning davlat inspektori molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish uchun gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar olgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ushbu namunalarni vakolatli laboratoriyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vakolatli laboratoriya tomonidan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli laboratoriya tomonidan gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida ushbu namunalarning genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli laboratoriya taqdim etilgan gʻoʻza urugʻliklaridan namunalarni laboratoriya jurnalida qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli laboratoriya tomonidan gʻoʻza urugʻliklaridan namunalar molekulyar-genetik tahlildan oʻtkazish uchun oʻnta kichik guruhlarga boʻlinadi va har bir guruhdan bittadan urugʻ tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli laboratoriya tomonidan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) gʻoʻza urugʻliklarining DNKsini ajratish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) PZR usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) elektroforez usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) genotiplash usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) statistik tahlil usuli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli laboratoriya tomonidan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu xulosa vakolatli laboratoriya rahbari va masʼul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil natijasi boʻyicha xulosaning amal qilish muddati u taqdim etilgan kundan boshlab bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ariza beruvchining apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Akademiya rahbarining buyrugʻi bilan Akademiya tizimining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlilni oʻtkazishga masʼul boʻlgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil natijasi boʻyicha xulosadan norozi boʻlgan ariza beruvchi molekulyar-genetik tahlil natijasi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan ariza beruvchini shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan ariza beruvchi va vakolatli laboratoriya mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Apellyatsiya komissiyasi ariza beruvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida vakolatli laboratoriya tomonidan oʻtkazilgan molekulyar-genetik tahlil natijalarini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil natijasi boʻyicha xulosani oʻzgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlil natijasi boʻyicha xulosaga oʻzgartirish kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan ariza beruvchiga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan ariza beruvchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1042-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Vakolatli laboratoriyaga
____________________________________________
(yuridik shaxsning toʻliq nomi, jismoniy shaxsning F.I.O.)
________________________________________dan
Ariza
Sizdan, xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazib, ushbu urugʻliklarning genetik tozaligini aniqlab berishingizni soʻrayman.
Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot:
1. Yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligi boʻyicha molekulyar-genetik tahlillar oʻtkazish yuzasidan mahalliy vakolatli laboratoriya xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza navlarining urugʻliklari genetik tozaligini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan molekulyar-genetik tahlil
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XULOSASI

№ _____
“____” ____________ 20___ yil
“_____” _________________ 20_____ yilda _________________________________________________________
_____________________________________________ tomonidan taqdim etilgan № ________-sonli arizada _______________________________________________________________________________________________
(Xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻlik namunalari nomi)
xorijdan keltirilgan gʻoʻza urugʻliklarining genetik tozaligini aniqlash boʻyicha molekulyar-genetik tahlil qilishga murojaat qilingan.