15.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3502
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 15.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3502
Kuchga kirish sanasi
19.03.2024
Hujjat 19.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi”ni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3502]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-martdagi 31-son “Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2357, 2012-yil 3-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 206-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi boshqaruvi raisi B. NABIJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 2-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 106-son buyrugʻiga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish tartibi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (1-sonli SMMS) (bundan buyon matnda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu standartning maqsadi soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish tartibini belgilash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu standart soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan soliq maslahati boʻyicha xizmatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Shartnoma tuzish boʻyicha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti hamda yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda mijoz (ishonch bildiruvchi) deb yuritiladi) oʻrtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan tuziladi hamda soliq maslahatchilari tashkilotlari va mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan yeridan (pochta manzilidan) qatʼi nazar, shartnoma tuzishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan soliq maslahati boʻyicha birgalikda xizmatlar koʻrsatilganda, shartnomani birgalikda xizmatlarni koʻrsatuvchi xar bir soliq maslahatchilari tashkiloti imzolashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq maslahati boʻyicha birgalikda xizmatlar koʻrsatish chogʻida mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan shartnoma har bir soliq maslahatchilari tashkiloti bilan alohida-alohida tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shartnomaning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxfiylikka rioya qilish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligini sugʻurta polisi mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shartnomaga soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan mijoz (ishonch bildiruvchi) uchun quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkilotining soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomadagi soliq maslahatchilari tashkilotining rekvizitlarida uning soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestridagi raqami hamda fuqarolik javobgarligini sugʻurta polisining raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shartnomaning predmeti quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash, soliq hisobotini tayyorlash va taqdim etish masalalari boʻyicha maslahat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq hisobotini (deklaratsiyasini) tayyorlashni, shu jumladan soliq hisobotini (deklaratsiyasini) mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan uning shaxsiy kabineti orqali taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha undirilgan yoki ortiqcha toʻlangan soliqlar hisobidan soliq qarzini qaytarish va (yoki) toʻlash, soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun soliq organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarni qonunchilikda belgilangan hollarda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq boʻlgan obyektlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid va moliyaviy tavakkalchiliklarni tahlil qilish hamda baholash, mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq imtiyozlarini qoʻllashga doir tavsiyalar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy, fuqarolik, jinoyat ishlarini hamda maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda vakillik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan oʻz soliq majburiyatlari muayyan davr uchun, shu jumladan ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda toʻgʻri bajarilishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xizmatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shartnomaga soliq maslahati boʻyicha bir yoki bir nechta xizmat turlari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning muddatlari shartnomaning predmetidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq maslahati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun amalga oshiriladigan toʻlovning miqdori, shartlari va muddatlari shartnomaning predmeti va xizmatlar koʻrsatishning muddatidan kelib chiqib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti tuzilgan shartnoma boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan soliq maslahatida ishtirok etishga zarur boʻlgan boshqa mutaxassislarni jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 10/24/3502/0227-son)