15.03.2024 yildagi PQ-129-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlariga xalqaro platformalar orqali raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga xalqaro xizmatlar bozorida ishtirok etish va hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, bu boradagi tartibotlarni soddalashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining huquqiy eksperiment tariqasida raqamlashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha eksport shartnomaviy hujjatlarni xalqaro platformalarda rasmiylashtirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-apreldan boshlab huquqiy eksperiment doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) rezidentlari tomonidan raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar (ular amalga oshirishi ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga muvofiq) eksporti boʻyicha xalqaro platformalarda elektron shaklda rasmiylashtirilgan qiymati 100 ming AQSh dollarigacha (yoki ushbu ekvivalentga teng miqdorgacha) boʻlgan shartnomalar (kelishuv, hisobvaraq-faktura, invoys) elektron hujjat sifatida tan olinadi hamda ularning qogʻoz shaklidagi nusxasi talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksporti boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish ruxsat etiladigan xalqaro platformalar roʻyxati Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq huquqiy eksperiment doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park rezidenti ishtirokidagi oddiy yozma shakldagi tashqi savdo bitimi u toʻgʻrisidagi taklif ikkinchi tarafning shartnoma tuzishga tayyorligi haqida xabardor qilish (akseptlash) yoʻli bilan qabul qilingan boʻlsa tuzilgan hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo bitimi boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar IT-park rezidentlari tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankidagi hisob raqami orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron yoki boshqa aloqa vositalari, axborot tizimlari yoki axborot tarmoqlaridan foydalangan holda dasturiy kodlar bilan almashish yoki taraflar va ularning xohish-irodasining mazmunini aniq ifodalaydigan boshqa hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park rezidentlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi savdo bitimlari boʻyicha tegishli maʼlumotlarni kiritib borish majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi huquqiy eksperimentni amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy eksperimentning amal qilish muddati bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlarni eksport qilish boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish ruxsat etiladigan xalqaro platformalar roʻyxatini tasdiqlasin (zaruratga koʻra, muntazam ravishda yangilab borsin) hamda ommaviy axborot vositalari va Internet, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda huquqiy eksperiment yakunlari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-129-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 07/24/129/0217-son)