07.03.2024 yildagi PQ-121-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda milliy oʻzligimizni tiklash, inson qadrini ulugʻlash, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini taʼminlash borasida gʻoyat muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muqaddas dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan ezgu anʼanalarini munosib davom ettirishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Vatanimizning qadimiy tarixini chuqur oʻrganish, buyuk alloma va aziz avliyolarimizning ibratli hayot yoʻli, noyob ilmiy merosini tadqiq etish yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari bilan uygʻun holda olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu jarayonda, ayniqsa, bilim va maʼrifat, maʼnaviy poklik, mehr-oqibat, xayru saxovat fazilatlari ulugʻlanadigan muborak Ramazon oyining ahamiyati katta boʻlayotganini taʼkidlash lozim. Mamlakatimiz moʻmin-musulmonlari ushbu muqaddas oyni doimo orziqib, katta xursandchilik bilan kutib oladi. Oila va mahallalarda oʻzaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yosh avlodimizni bilim-maʼrifat va goʻzal xulq sohiblari etib kamol toptirish, ehtiyojmand insonlarga koʻmak va yordam koʻrsatish kabi ezgu amallarni sidqidildan, ixlos bilan ado etishga intiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, olijanoblik va shukronalik timsoli boʻlgan qutlugʻ Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada oʻtkazish, diniy-maʼrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2024-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 11-mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulugʻlovchi ushbu fazilatli oyda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-121-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2024-y., 07/24/121/0192-son)