O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Import operatsiyalarini boj-tarif bilan batartib boshqarishni takomillashtirish, tovarlarning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni yanada tartibga solish, mahalliy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 40-son, 304-modda)
2. Belgilansinki, 2005-yilning 1-apreligacha bojxonaning “vaqtincha saqlash” rejimiga joylashtirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish chog‘ida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli va “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan stavkalar 2005-yilning 1-mayiga qadar qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PF-5459-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son)
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmalariga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-mart,
PQ-26-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 72-modda, 2005-y., 40-son, 304-modda, 37-38-son, 284-modda; 2014-y., 30-son, 366-modda; 2017-y., 25-son, 535-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son)