05.03.2024 yildagi PQ-116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “ACWA Power Company” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Investor) tomonidan “Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida “ACWA Power Gijduvan Wind” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyasi) ta’sis etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2023-yil 27-noyabrda investitsiya shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmalariga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 403 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2023-yil 27-noyabrda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 11 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasi doirasida shamol elektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun sarflangan xarajatlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik to‘lovlar asosida qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Bitim ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish haqida bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi to‘lov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, barcha soliqlar va yig‘imlar to‘langan holda, Investitsiya loyihasini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olish, chet el valyutasida mablag‘lar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buxoro viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hududida shamol elektr stansiyasini, havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin va ularning chegaralariga aniqlik kiritib, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkalarni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi mazkur yer uchastkalari Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Loyiha kompaniyasi tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Investitsiya loyihasini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi o‘zgartirilganligi) uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shamol elektr stansiyasini qurish bilan bog‘liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasining sotib olinishi va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurishga sarflangan xarajatlar bo‘yicha to‘lovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qat’iy tarif bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyiha kompaniyasining buyurtmanomasiga binoan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik viza berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Bitim doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin va Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-116-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2024-y., 07/24/116/0186-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)