29.02.2024 yildagi PQ-94-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi o‘rtasida (keyingi o‘rinlarda — Investor) “Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya loyihasi) doirasida 2023-yil 27-dekabrda investitsiya shartnomasi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya shartnomasi) imzolanganligi hamda unga muvofiq Investor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Namangan viloyatining Pop tumanida quvvati 100 MVt (200 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 110 mln AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor o‘rtasida 2023-yil 27-dekabrda Elektr energiyasini saqlash xizmati bo‘yicha bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor ushbu bitim bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlaridan loyiha doirasida o‘zi tomonidan tashkil etilgan “ENERGY CHINA NAMANGAN OBI-XAYOT BATTERY ENERGY STORAGE SYSTEM” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyasi) foydasiga voz kechishi;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini ta’minlash majburiyatini olishi;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 5,4 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali bank kafolatini taqdim etishi;
(1-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasi doirasida elektr energiyasini saqlash tizimini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini olishi;
(1-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun sarflangan xarajatlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 5 yil davomida oylik to‘lovlar asosida qoplanishi;
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 13 yil davomida elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganligi uchun kafolatlangan tarzda to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini olishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PQ-275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 07/24/275/0554-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Investor o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor o‘rtasida tuzilgan Bitim ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Investor tomonidan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Investor huquqini Investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish haqida bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi va boshqa maslahatchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun uch oy mobaynida to‘lov majburiyati bajarilishining ta’minoti sifatida Investor foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot va moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi to‘lov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, barcha soliqlar va yig‘imlar to‘langan holda, Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PQ-379-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olish, chet el valyutasida pul mablag‘lari olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Investor bilan birgalikda bir oy muddatda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Namangan viloyatining Pop tumani hududida elektr energiyasini saqlash tizimini, elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin va ularning chegaralariga aniqlik kiritib, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor tomonidan taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkasini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi mazkur yer uchastkasi Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Investorga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Investor tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Investitsiya loyihasini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi o‘zgartirilganligi) uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini saqlash tizimi bilan bog‘liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanilganlik uchun to‘lovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qat’iy tarif bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investorning buyurtmanomasiga binoan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik viza berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Bitim doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya vazirligi Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin va Investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 29-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-94-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/94/0174-son; 26.07.2024-y., 07/24/275/0554-son; 19.12.2025-y., 07/25/379/1178-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)