23.02.2024 yildagi O‘RQ-912-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.05.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 24-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda dunyoda yoʻldosh aloqaning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi, ushbu sohada yangi texnologiyalarning joriy etilishi respublika hududida Internet va zamonaviy sifatli aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga doir yangi texnologik imkoniyatlarni yaratmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq mamlakatimizda xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarining turlaridan biri sifatida yoʻldosh aloqa tarmoqlarining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emasligi, bunday faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun davlat boji miqdorining yuqoriligi ushbu aloqa vositasidan mahalliy tarmoqlarda foydalanishga, shuningdek togʻli va olis hududlarda Internet hamda aloqa qamrovini yanada kengaytirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish kabi faoliyat turi bilan toʻldirilishini, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organining nomi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun respublika hududining yuqori tezlikdagi Internet va sifatli aloqa bilan qamrab olinishini taʼminlashga, yoʻldosh aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda) ilovaning 33-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ts” — “sh2” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ts) trankli, radiotelefon, respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish

BHMning 135 baravari

ch) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 200 baravari

sh) trankli, radiotelefon, respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish

BHMning 10 baravari

sh1) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 400 baravari

sh2) trankli, radiotelefon, respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 20 baravari

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yu” va “ya” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

yu) trankli, radiotelefon, respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlaridan foydalanish

BHMning 30 baravari

ya) trankli, radiotelefon, respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish

BHMning 80 baravari

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 1-ilovaning 32-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

32.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya

Mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish;

mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish;

xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini qurish;

koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli), respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish;

koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli), respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini qurish;

koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli), respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlaridan foydalanish;

koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli), respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish;

maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish;

maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini qurish;

maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish;

maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlarini qurish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish;

teleradioeshittirishlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish.

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 2-ilovaning 86-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-912-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 03/24/912/0147-son)