Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2023-yil 23-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida 2002-yil 3-aprelda imzolangan yoʻlovchilar hamda yuklarni avtomobilda xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bitimga va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Bayonnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.
2. Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganligi hamda uni amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida Shveysariya tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-fevral,
PQ-61-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 07/24/61/0105-son)