01.02.2024 yildagi PF-25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.11.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar bozorining investitsiya jozibadorligini oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, raqamli texnologiyalar sohasidagi korxonalarning eksport faoliyatini jadallashtirish va ularning xalqaro bozorlar bilan integratsiyalashuvini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarori bilan IT sohada xizmatlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga, yaratilgan ish oʻrinlari sonini 100 mingtaga yetkazish, IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va ularning vakolatxonalari sonini 1 000 taga yetkazish vazifasi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park rezidentlari soni 1 652 tani, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokida 426 tani tashkil etib, ular tomonidan 12,5 trillion soʻmlik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilganligi va 344 million dollarlik eksport amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park hududida raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan maxsus hudud sifatida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini (International Digital Technology Center — “ENTERPRISE UZBEKISTAN”, keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqamli texnologiyalar vazirligiga Markaz hududida xorijiy IT kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan maxsus huquqiy rejimni joriy qilish maqsadida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ilgʻor xalqaro tajribalarga asoslangan qulay sharoitlar yaratish orqali mamlakatda raqamli iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari, shuningdek, boshqa korxonalar va tashkilotlar uchun konsalting, huquqiy, moliyaviy va boshqa xizmatlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlarning raqamli texnologiyalari hamda xizmatlari eksportini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning tashqi bozorlardagi faoliyatini kengaytirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar eksperimentning dastlabki natijasini inobatga olgan holda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilishi taʼminlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz boshqaruvi hamda uning maqomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, bojxona va soliq sohasini tartibga solish, mehnat munosabatlari hamda boshqa shartlarning alohida tartibi va huquqiy normalarni belgilovchi maxsus huquqiy rejim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va bank faoliyatini amalga oshirish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, intellektual mulkni himoya qilish, shuningdek, tijorat va fuqarolik nizolarini koʻrib chiqishning alohida tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni moliyalashtirish manbalari va boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib, raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-25-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 06/24/25/0081-son; 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)