01.02.2024 yildagi PF-25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar bozorining investitsiya jozibadorligini oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, raqamli texnologiyalar sohasidagi korxonalarning eksport faoliyatini jadallashtirish va ularning xalqaro bozorlar bilan integratsiyalashuvini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarori bilan IT sohada xizmatlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga, yaratilgan ish oʻrinlari sonini 100 mingtaga yetkazish, IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va ularning vakolatxonalari sonini 1 000 taga yetkazish vazifasi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park rezidentlari soni 1 652 tani, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokida 426 tani tashkil etib, ular tomonidan 12,5 trillion soʻmlik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilganligi va 344 million dollarlik eksport amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining yetakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-park hududida raqamli texnologiyalar sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlarga ega boʻlgan maxsus hudud sifatida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini (International Digital Technology Center — “ENTERPRISE UZBEKISTAN”, keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyundan boshlab 5 yilgacha boʻlgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan maxsus huquqiy rejimni eksperiment tariqasida joriy qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona va soliqqa tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat munosabatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va bank faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulkni himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat va fuqarolik nizolarini koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqamli texnologiyalar vazirligiga Markaz hududida xorijiy IT kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan maxsus huquqiy rejimni joriy qilish maqsadida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ilgʻor xalqaro tajribalarga asoslangan qulay sharoitlar yaratish orqali mamlakatda raqamli iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) rezidentlari, shuningdek, boshqa korxonalar va tashkilotlar uchun konsalting, huquqiy, moliyaviy va boshqa xizmatlarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlarning raqamli texnologiyalari hamda xizmatlari eksportini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ularning tashqi bozorlardagi faoliyatini kengaytirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hududida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borish, vujudga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish, eksperiment doirasida maxsus huquqiy rejimni tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash hamda eksperiment doirasida maxsus huquqiy rejim asosida Markaz hududida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining maʼmuriy kengashi bilan birgalikda Markaz hududini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har yili 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga eksperiment jarayoni oʻtishi haqida axborot, shuningdek, Markaz hududida oʻtkazilayotgan eksperimentni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-dekabrga qadar eksperimentning dastlabki natijasini inobatga olgan holda “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilishi taʼminlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz boshqaruvi hamda uning maqomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, bojxona va soliq sohasini tartibga solish, mehnat munosabatlari hamda boshqa shartlarning alohida tartibi va huquqiy normalarni belgilovchi maxsus huquqiy rejim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va bank faoliyatini amalga oshirish, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, intellektual mulkni himoya qilish, shuningdek, tijorat va fuqarolik nizolarini koʻrib chiqishning alohida tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni moliyalashtirish manbalari va boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib, raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-25-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi PF-25-son Farmoniga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUVOFIQLASHTIRUVCHI KENGASH TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

Sh.D. Qudbiyev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

F.Z. Ibragimov

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi bosh direktori, Kengash masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiya va vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 06/24/25/0081-son; 27.11.2025-y., 06/25/233/1094-son)