Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
qarori
Birinchi instansiyada ishni koʻrishda maʼruzachi sudya — S. Rustamov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — D. Ubaydullayev
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — D. Ubaydullayev
Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi T. Ataboyevning raisligida, hayʼat aʼzolari U. Xolikov va D. Ubaydullayevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi I. Axmadjonovaning kotibaligida, XXXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi N. A.ning vakili XXXXXXXXX (order va ishonchnoma asosida) XXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili XXXXXXXX (ishonchnoma asosida), “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki vakili J.Q. (ishonchnoma asosida) ishtirokida, daʼvogar — XXXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi N.A.ning javobgarlar — XXXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati, XXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati va XXXXXXXXXX aksiyadorlik tijorat bankiga nisbatan 2020-yil 15-apreldagi XXXXXXXXXXXXX haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan XXXXX-sonli ish yuzasidan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarori ustidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati va unga ilova qilingan hujjatlarni Andijon viloyat sudining binosida, ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
XXXXXXXXX (bundan buyon matnlarda — “daʼvogar” deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, XXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati, XXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnlarda — “javobgar” deb yuritiladi) va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankiga (bundan buyon matnlarda — “bank” deb yuritiladi) nisbatan 2020-yil XXXXXXXXX kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Sudning ajrimi bilan ishga XXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnlarda — “MChJ” deb yuritiladi) ishga javobgar sifatida, XXXXXXXXXXXXX XXXXXXXXXXXX va XXXXXXXXXXXX sugʻurta kompaniyasi nizoning predmetiga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilib, XXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati, XXXXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati va XXXXXXXXX aksiyadorlik tijorat banki oʻrtasida 2020-yil XXXXXXXXXXX kafillik shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan.
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, bank tomonidan kiritilgan apellatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlanmaganligi, jumladan, kafillik shartnomasi kredit shartnomasining taʼminoti sifatida rasmiylashtirilganligi, kafillik shartnomasi jamiyatning sobiq rahbari XXXXXXXXX tomonidan imzolanganligi va jamiyatning muhri bilan tasdiqlanganligi, shartnoma tuzish erkin ekanligi, Fuqarolik kodeksi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq tuzilganligi kabi vajlar bayon etilib, birinchi instansiya sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarori bekor qilib, daʼvo arizasini rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻragan.
Bank vakili sud majlisida tushuntirish berib, shikoyatda keltirgan vajlarini quvvatlab, birinchi instansiya sudi daʼvogar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga bir tomonlama baho berganligini, kafillik shartnomasi ixtiyoriy tuzilganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Daʼvogar vakili sud majlisida tushuntirish berib, shikoyatda keltirilgan vajlar asossizligini, XXXXXXXXXXX kafillik shartnomasi tuzilgan paytda MChJdagi ulushi 80 foizni tashkil qilganligini, qolgan 20 foiz ulush jamiyat rahbari XXXXXXXXX tegishli boʻlganligi, biroq jamiyat rahbari tomonidan umumiy yigʻilish oʻtkazilmagan holda, yaʼni XXXXXXXXXXXXXX roziligi olinmasdan XXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olinayotgan kredit uchun kafillik shartnomasiga imzo qoʻyganligi, bu haqida bankning XXXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyatidan kredit mablagʻini undirish, undiruvni kafillik shartnomasiga asosan kafildan solidar tartibda undirish haqida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganidan keyin xabardor boʻlganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
MChJ vakili sud majlisida tushuntirish berib, bankning apellatsiya shikoyatini hal etishni sudning hukmiga havola qildi.
Javobgar va uchinchi shaxslar sud majlisi oʻtkazilishi haqida belgilangan tartibda ogohlantirilgan boʻlsa-da, sud majlisida ulardan vakil ishtirok etmadi. Avvalgi sud majlislarida javobgar rahbari taraflar oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilganligini, kredit shartnomasining taʼminoti sifatida mulklar garovga taqdim etilganligini, kreditni toʻlash chorasini koʻrayotganligini maʼlum qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnlarda — “IPK” deb yuritiladi) 274-moddasi toʻrtinchi qismiga binoan, apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Yuqoridagi qonun normasiga asosan sudlov hayʼati, ishni ularning ishtirokisiz koʻrishni lozim topadi.
Sudlov hayʼati taraflarning koʻrsatmasini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad qilishni, sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topdi.
Aniqlanishicha, XXXXXXXXXX cheklangan jamiyati 2015-yil XXXXXXXXXXX markazi tomonidan XXXXXXXX roʻyxatga olingan.
XXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati ustaviga binoan, A.N.Q. 80 foiz, X.R.I. 20 foiz ulush bilan jamiyat ishtirokchilari hisoblangan.
2022-yil 12-sentabrda MChJning ustaviga oʻzgartirish kiritilib, unga koʻra daʼvogar MChJning 100 foiz ulushiga ega boʻlgan.
Bank va javobgar oʻrtasida 2020-yil XXXXXXXXXX shartnomasi tuzilgan boʻlib, shartnomaga koʻra, bank javobgarga 36 oy muddatga, olti oy imtiyozli davr bilan 12 foiz ustama toʻlash sharti bilan XXXXXXXXXX dollari miqdorida kredit mablagʻi ajratib bergan.
Kredit taʼminoti sifatida bank va javobgar oʻrtasida tuzilgan XXXXXXXXXX garov shartnomasiga asosan javobgarga tegishli boʻlgan Andijon tumani, Xortum qishlogʻi, Jevachi mahallasida joylashgan ishlab chiqarish binosi XXXXXXXXX Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” kafilligi XXXXXXXXXX, “Kafolat sugʻurta” sugʻurta kompaniyasi sugʻurta polisi XXXXXXXXXX javobgar tomonidan kredit mablagʻi hisobiga sotib olayotgan dori ishlab chiqarish dastgohi taqdim qilingan.
Bundan tashqari, kreditning taʼminoti sifatida taraflar oʻrtasida 2020-yil 15-aprelda 15-sonli kafillik shartnomasi tuzilgan boʻlib, unga binoan javobgarga ajratilgan kredit mablagʻining 100 foizi miqdorida kafilligi MChJ tomonidan taqdim qilingan.
Daʼvogar daʼvo arizasida kafillik shartnomasini tuzishga rozilik berish uchun MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaganligi hamda roziligi olinmaganligi, shunday boʻlsa-da, kredit shartnomasining taʼminoti sifatida kafillik shartnomasi tuzilganligi kabi vajlarni bayon etib, nizodagi bitimni yirik bitim sifatida baholab MChJ, bank va javobgar oʻrtasida 2020-yil 15-aprelda tuzilgan 15-sonli kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻrab sudga murojaat qilgan.
Birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilgan.
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga binoan, agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi.
Yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
MChJ tomonidan berilgan kafillik miqdori esa XXXXXXXX dollarini tashkil qilib, ushbu miqdor 2020-yil 15-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1 AQSh dollarining soʻmga nisbatan boʻlgan qiymati XXXXXX soʻmni tashkil qilib, kafillik darajasi XXXXXXX soʻmni tashkil etgan.
Daʼvogar tomonidan sudga taqdim etilgan soliq hisobotlarida koʻrinishicha, jamiyatning oxirgi hisobot davridagi aktivlari XXXXXXXXX soʻmni tashkil qilgan.
Bundan koʻrinadiki, kafillik shartnomasi tuzilganda kafillik majburiyati yigirma besh foizdan ortiq boʻlgan.
Kafillik shartnomasi boʻyicha olingan majburiyat yirik bitim hisoblansa-da, XXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yirik bitim tuzish, yaʼni XXXXXXXXXX masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olingan kredit uchun kafillik shartnomasi tuzish toʻgʻrisida umumiy yigʻilish XXXXXXXXXXX “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv yigʻilishining 2020-yil 6-yanvardagi 2-1-sonli yigʻilish qarori bilan tasdiqlangan “Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish Reglamentining 3-bobi, 8-bandi, “v” kichik bandida, yuridik shaxslarning kafilligi rasmiylashtirilganda kafil korxona rahbarining kafillik shartnomasini imzolashga yuridik vakolati borligi talab etilishi belgilangan.
Ushbu Reglamentning 7-bandida, kafil korxonaning moliyaviy holati ham toʻliq tahlil qilinishi zarurligi, buning uchun kafillik beruvchi korxona oʻzining rozilik xatiga korxonaning kafillik berish huquqi va vakolatini oʻrganish uchun zarur boʻlgan hujjatlar (korxona taʼsis shartnomasi, ustavi, taʼsischilar yoki aksiyadorlar qarori va boshqalar) bank filialiga taqdim etishi lozimligi belgilangan.
Bundan koʻrinadiki, bank kredit taʼminoti sifatida uchinchi shaxslarning kafilligini qabul qilish chogʻida ushbu bitim yirik bitim ekanligi (emasligi) holatini buxgalteriya hujjatlari asosida oʻrganishi lozim.
Nizoli bitim tuzilish vaqtida bank kafilning toʻlovga qobiliyatini tekshirgan boʻlsa-da, lekin jamiyat rahbarining bitim tuzish vaqtidagi buxgalteriya balansi asosida aktivlar (mol-mulk) qiymatining yigirma besh foizidan oshganligini bilishi lozim edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 269-sonli qarorining 17-bandida, FKning 126-moddasiga koʻra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, sudlar inobatga olishlari lozimki, bunday asos bilan bitim kimning manfaatida cheklash belgilangan boʻlsa, faqat oʻsha shaxsning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, bitim, agar u boʻyicha boshqa taraf qayd etilgan cheklash haqida bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlgan holatlar aniqlangan taqdirdagina, FKning 126-moddasi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi yuzasidan tushuntirish berilgan.
Birinchi instansiya sudi bitimni haqiqiy emas deb topib asosli xulosaga kelgan.
Bayon etilganlarga koʻra, apellatsiya sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatidagi vajlari bilan kelishmaydi hamda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirishga asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.
Zotan, IPKning 278-moddasiga binoan, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini koʻrish natijalari boʻyicha sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Yuqoridagilarga koʻra sudlov hayʼati, “Mikrokreditbank” ATBning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan oldindan toʻlangan 1 650 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Zero, IPKning 118-moddasi birinchi va toʻqqizinchi qismlariga binoan, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Binobarin, sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278, 280-moddalarini qoʻllab, qaror qiladi:
XXXXXXXXXXXXXX apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
XXXXXXXXXXXXXXX yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Oldindan toʻlangan XXXXXXXXX davlat boji va XXXXXXXX pochta xarajati XXXXXXXX zimmasida qoldirilsin.
Mazkur qaror ustidan bir yil muddat ichida Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi orqali Andijon viloyat sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish mumkin.
Raislik qiluvchi T. ATABAYEV
Hayʼat aʼzolari U. XOLIKOV
D. UBAYDULLAYEV
Andijon sh.,
2024-yil 18-yanvar,
4-1701-2301/7281-son