18.01.2024 yildagi 4-1701-2303/7430-son
ONLINE TRANSLATE
Andijon viloyat Sudi Iqtiosodiy ishlar boʻyicha sudlov Hayʼati apellatsiya instansiyasining qarori, 18.01.2024 yildagi 4-1701-2303/7430-son
Kuchga kirish sanasi
18.01.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov Hayʼati apellatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — U. Qurbonova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — U. Xolikov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, T. Atabayev raisligida, sudyalar D. Ubaydullayev va U. Xolikovdan iborat tarkibda, sudya yordamchisi I. Ahmadjonovaning kotibaligida, ________, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, ________ kiritilgan apellatsiya shikoyati asosida Andijon viloyat sudi binosida, ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________ (keyingi oʻrinlarda matnda “daʼvogar” deb ataladi) iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib ________)ga nisbatan 2019-yil 4-dekabr kungi 1-sonli kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilib, ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2019-yil 4-dekabrda tuzilgan 1-sonli kafillik shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur, hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, ________ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatida, birinchi instansiya sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarorini bekor qilishni, daʼvoni rad qilish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiya sud majlisida ishtirok etgan bank vakili koʻrgazma berib, birinchi instansiya sudi daʼvogar tomonidan taqdim qilingan hujjatlarga bir tomonlama baho berganligini, kafillik shartnomasi ixtiyoriy tuzilganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiya ________ kafillik shartnomasi tuzilgan paytda MChJdagi ulushi 80 foizni tashkil qilganligini, qolgan 20 foiz ulush jamiyat rahbari Xaydarov Rustamjonga tegishli boʻlganligi, biroq jamiyat rahbari tomonidan umumiy yigʻilish oʻtkazilmagan holda yaʼni ________ tomonidan olinayotgan kredit uchun kafillik shartnomasiga imzo qoʻyganligi, bu haqida bankning ________ masʼuliyati cheklangan jamiyatidan kredit mablagʻini undirish, undiruvni kafillik shartnomasiga asosan kafildan solidar tartibda undirish haqida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganidan keyin xabardor boʻlganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiya sud majlisida MChJ vakili qonuniy qaror qabul qilishni sudga havola qildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati sud majlisida ishtirok etmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda matnda “IPK” deb ataladi)ning 274-moddasi toʻrtinchi qismiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi qonun normasiga asosan sudlov hayʼati, ishni ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokisiz koʻrishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiya sudlov hayʼati, taraflarning koʻrgazmalarini, ishga taqdim qilgan hujjatlarni, ishdagi mavjud hujjatlarni oʻrganib quyidagilarga koʻra, bankning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlariga koʻra, masʼuliyati ________ cheklangan jamiyati 2015-yil 21-aprelda Oltinkoʻl tuman davlat xizmatlari markazida 18535-son bilan roʻyxatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________ ishtirokchilari hisoblangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-dekabrda bank va ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 655-sonli kredit shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnoma shartlariga koʻra, bank ________ masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 36 oy muddatga, olti oy imtiyozli davr bilan 12 foiz ustama toʻlash sharti bilan ________ miqdorida kredit mablagʻi ajratib bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit taʼminoti sifatida: 1) ________ masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli boʻlgan ________ masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli boʻlgan Andijon shahar, Boburshox koʻchasi 34-D-manzilda joylashgan 2 qavatli “Savdo va maishiy xizmat” bino-inshootlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” kafilligi, javobgar tomonidan kredit mablagʻi hisobiga sotib olayotgan dori ishlab chiqarish dastgohi, ________ masʼuliyati cheklangan jamiyatining kredit mablagʻining 100 foizi uchun kafilligi taqdim qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati, “Mikrokreditbank” ATB va ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2019-yil 4-dekabrda tuzilgan 1-sonli kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi daʼvo talabi qanoatlantirilib, ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2019-yil 4-dekabrda tuzilgan 1-sonli kafillik shartnomasi haqiqiy emas deb topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga koʻra, agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ tomonidan berilgan kafillik miqdori esa ________ tashkil qilib, ushbu miqdor 2019-yil 4-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1 AQSh dollarining soʻmga nisbatan boʻlgan qiymati ________.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogar tomonidan sudga taqdim etilgan soliq hisobotlarida koʻrinishicha, jamiyatning oxirgi hisobot davridagi aktivlari ________ tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan koʻrinadiki kafillik shartnomasi tuzilganda kafillik majburiyati yigirma besh foizdan ortiq boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafillik shartnomasi boʻyicha olingan majburiyat yirik bitim hisoblansada, ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yirik bitim tuzish yaʼni ________ masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olingan kredit uchun kafillik shartnomasi tuzish toʻgʻrisida umumiy yigʻilish qarori qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ________ ATB boshqaruvning 2019-yil 4-yanvardagi 11-sonli yigʻilish qarori bilan maʼqullangan, “________” ATB Kuzatuv Kengashining 2019-yil 5-yanvardagi 1-sonli yigʻilish qarori bilan tasdiqlangan ________ ATBning 2019-yilga moʻljallangan kredit siyosatining 94-bandida yuridik shaxslarning kafilligi rasmiylashtirilganda shaxsning kafil nomidan shartnomaga imzo qoʻyish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni olishi kerakligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________ ATB boshqaruv yigʻilishining 2019-yil 28-fevraldagi 17-4-sonli qaroriga ilova hisoblangan ________ ATB tizimida kreditlash va unga tenglashtirilgan moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish tartibining 116-bandida, kafil korxonaning moliyaviy holati ham toʻliq tahlil qilinishi zarurligi, buning uchun kafillik beruvchi korxona oʻzining rozilik xatiga korxonaning kafillik berish huquqi va vakolatini oʻrganish uchun zarur boʻlgan hujjatlar (korxona taʼsis shartnomasi, ustavi, taʼsischilar yoki aksiyadorlar qarori va boshqalar) bank filialiga taqdim etishi lozimligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartibning 122-bandida esa, kafillik taʼminoti sifatida qabul qilinishida cheklovlar koʻrsatilgan boʻlib, kafil boʻlishi koʻzda tutilayotgan korxona bank krediti (lizing) boʻyicha kafil boʻlishi uchun yetarli yuridik huquq va vakolatga ega boʻlish hamda bu uning taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi va ustav), boshqa ichki meʼyoriy hujjatlarida, uning rahbarlariga berilgan ishonchnomada aniq belgilangan boʻlishi lozim. Agar, kafil-korxonaning taʼsis va boshqa ichki hujjatlarida bunday huquq va vakolat aniq koʻrsatilmagan, shuningdek rozilik olinishi qonunchilikda va kafilning taʼsis va boshqa ichki hujjatlarida oʻrnatilgan boʻlsa kafilning tegishli boshqaruv organlari (Kuzatuv kengashi, umumiy aksiyadorlar (ishtirokchilar) yigʻilishi, yuqori turuvchi tashkiloti) kafillik taqdim etilishiga roziligi olinishi shart. Kafillikni haqiqiy emas deb topish va boshqa salbiy holatlarni oldini olish maqsadida barcha holatlarda kafilning tegishli boshqaruv organlari roziligi olinishi tavsiya etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan koʻrinadiki, bank kredit taʼminoti sifatida uchinchi shaxslarning kafilligini qabul qilish chogʻida ushbu bitim yirik bitim ekanligi(emasligi) holatini buxgalteriya hujjatlari asosida oʻrganishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizoli bitim tuzilish vaqtida bank kafilning toʻlovga qobiliyatini tekshirgan boʻlsada, lekin jamiyat rahbarining bitim tuzish vaqtidagi buxgalteriya balansi asosida aktivlar (mol-mulk) qiymatining yigirma besh foizidan oshganligini bilishi lozim edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 269-sonli qarorining 17-bandida, FKning 126-moddasiga koʻra, agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning taʼsis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qoʻyilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq koʻrinib turgan deb hisoblanishi mumkin boʻlgan vakolatlariga nisbatan cheklab qoʻyilgan boʻlsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan boʻlsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor boʻlgan shaxsning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, sudlar inobatga olishlari lozimki, bunday asos bilan bitim kimning manfaatida cheklash belgilangan boʻlsa, faqat oʻsha shaxsning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, bitim, agar u boʻyicha boshqa taraf qayd etilgan cheklash haqida bilgan yoki oldindan bilishi lozim boʻlgan holatlar aniqlangan taqdirdagina, FKning 126-moddasi asosida haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi yuzasidan tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi bitimni haqiqiy emas deb topib mazmunan qonuniy xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon etilganlarga koʻra, apellatsiya sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatidagi vajlari bilan kelishmaydi hamda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirishga asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zotan, IPKning 278-moddasi muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini koʻrish natijalari boʻyicha, sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga qoʻra, sudlov hayʼati “Mikrokreditbank” ATBning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan oldindan toʻlangan 1 650 000 soʻm davlat boji va 33 000 soʻm pochta xarajatlarini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zero, IPKning 118-moddasi birinchi va toʻqqizinchi qismlariga binoan, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binobarin, sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278, 280-moddalarini qoʻllab, qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________ ATBning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-sentabrdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldindan toʻlangan ________.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ustidan bir yil muddat ichida Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi orqali Andijon viloyat sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi T. ATABAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat aʼzolari D. UBAYDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U. ChOLIKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon v.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 18-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-1701-2303/7430-son