Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida
Bitim
Ishchilarni ishga qabul qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Yuboruvchi tomon”) bilan Qatar Davlati Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Qabul qiluvchi tomon”) keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Tomonlar oʻrtasida oʻzaro doʻstona va hamkorlik aloqalarni mustahkamlash istagida,
Qatar Davlatida Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarini bandligini tartibga solish zaruriyatidan kelib chiqib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar;
1-modda
Tomonlar mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoidalarni belgilaydilar.
2-modda
Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarini ishga yollash. uning Qatar Davlatiga kirishi va ishga joylashishi ikki mamlakatda qoʻllaniladigan tegishli qonun. tartib va qoidalarga muvofiq tartibga solinadi.
3-modda
Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish uchun vakolatli organlar:
a) Qabul qiluvchi tomon uchun: Qatar Davlati Mehnat vazirligi;
b) Yuboruvchi tomon uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
4-modda
1. Tomonlarning vakolatli organlari ishga yollash boʻyicha arizalarni oʻzaro almashadilar. Yuboruvchi tomon oʻz imkoniyatlari va resurslari doirasida mazkur arizalarni taʼminlashga intiladi.
2. Agar Qatar Davlati ish beruvchisi Oʻzbekiston Respublikasidan maxsus malakaga ega Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarini ishga yoʻllashni va ish bilan taʼminlashni xohlasa, u Qabul qiluvchi tomonga yuborgan murojaatida malaka boʻyicha talabini koʻrsatishi lozim.
3. Qatar Davlati ish beruvchisining oʻzi yoki iming vakolatli vakili yoki Qabul qiluvchi tomondan litsenziya berilgan rekruting agentligi Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarini tanlash va ularni Qatar Davlatiga borishi uchun zarur boʻlgan barcha tartiblarni nazorat qiladi va amalga oshiradi.
5-modda
Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalarda ishchilardan talab qilinadigan malaka, tajriba va mutaxassislik boʻlishi hamda shartnomaning amal qilishi mumkin boʻlgan muddati, mehnat shartlarining batafsil bayoni, jumladan, ish haqi, mehnat qilish muddati va uning tugashi, sinov muddati, mehnat sharoitlari, transport va yashash joylari bilan bogʻliq shart-sharoitlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ishchilariga mehnat shartnomasini imzolashga doir qaror qabul qilish imkonini beradigan barcha asosiy maʼlumotlar boʻlishi lozim.
6-modda
Yuboruvchi tomon Qatar Davlatida ishlashni istagan Oʻzbekiston Respublikasi ishchilariga tibbiy koʻrikdan oʻtish, pasport va Qatar Davlatiga kirish uchun ruxsatnoma olish, shuningdek, Qatar Davlatida mavjud mehnat sharoitlari, xarajatlari va turmush darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
7-modda
Qabul qiluvchi tomon Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sonidagi ishchilarini mehnat shartnomalarida belgilangan muddat tugaganidan keyin Vataniga qaytarish choralarini koʻrishi mumkin. Shuningdek, u ish bilan taʼminlashga boʻlgan ehtiyoj tugagandan soʻng, mehnat shartnomalarining amal qilish muddati tugagunga qadar xuddi shu tartib-qoidalarni qoʻllashi mumkin, Bu holda ishchilarning ish haqi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha toʻlanishi yoki ularning tegishli haq-huquqlari Qatar Davlatining mehnat qonunchiligi asosida taʼminlanishi lozim.
8-modda
Agarda Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarining Qatar Davlatida boʻlishi davlat manfaatlari yoki davlatning milliy xavfsizligiga zid boʻlsa, Qabul qiluvchi tomon ularning istalgan sonini Vataniga qaytarish choralarini koʻrishi mumkin. Bu Oʻzbekiston Respublikasi ishchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari yoki Qatar Davlatining mehnat qonunchiligi boʻyicha ularga beriladigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazmaydi.
9-modda
1. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarini birinchi marotaba ishga yollaganda Qatar Davlati hududidagi ish joyiga yetkazish boʻyicha barcha transport xarajatlarini hamda ishchining ish muddati tugaganidan keyin Qatar Davlatidan oʻz Vataniga qaytishdagi transport xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi. Ish beruvchi ishchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan mehnat taʼtili uchun ularga ikki tomonlama safar chiptalari xarajatlarini ham oʻz zimmasiga oladi. Bunday xarajatlarga pasport berish yoki har qanday sugʻurta toʻlovlari kirmaydi.
2. Ish beruvchi quyidagi ikki holatda Oʻzbekiston Respublikasi ishchisining oʻz Vataniga qaytishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashdan ozod qilinadi:
a) Basharti ishchi mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar ishdan boʻshatilgan boʻlsa;
b) Basharti u Qatar Davlatining mehnat qonunchiligiga binoan xizmat oxirida dastlabki ogohlantirishsiz va toʻlanadigan haqni toʻlamasdan ishdan boʻshatilishiga olib keladigan xato qilsa.
10-modda
1. Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarining Qatar Davlatida mehnat shartlari va muddatlari mazkur Bitimga ilova qilingan Namunaviy shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ishchisi va ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan yakka tartibdagi mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bunday shartnoma mazkur Bitim qoidalariga va Qatar Davlatining mehnat qonunchiligiga mos keladigan vazifalar va huquqlarga oid ishning asosiy shartlarini oʻz ichiga oladi.
2. Mazkur shartnoma toʻrtta asl nusxada yaʼni arab va ingliz tillarida rasmiylashtiriladi, ulardan biri ish beruvchida qoladi, ikkinchisi Oʻzbekiston Respublikasi ishchilariga, uchinchisi Qatar Davlati Mehnat vazirligiga va toʻrtinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga topshiriladi.
11-modda
Yakka tartibdagi mehnat shartnomasida isli beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi ishchisiga beriladigan turar joy bilan taʼminlash va uning turi yoki unga turar joy uchun toʻlov va uni davolash boʻyicha majburiyatlari tafsilotlari koʻrsatilishi kerak.
12-modda
Mehnat shartnomasining arab tilidagi matni Qatar Davlati Mehnat vazirligi va Qatar Davlatidagi sudlar va vakolatli organlar tomonidan tan olingan. Agar mehnat shartnomasi qoidalariga oʻzgartirish kiritish Oʻzbekiston Respublikasi ishchisi uchun manfaatli boʻlmasa va Qatar Davlatining Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanmagan taqdirda, ish beruvchi mehnat shartnomasi qoidalariga hech qanday oʻzgartirish kiritolmaydi.
13-modda
Mehnat shartnomalari Qatar Davlatida tuzilgan taqdirda Qatar Davlatining Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Doxadagi Elchixonasi tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida tuzilgan shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Qatar Davlatining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi Elchixonasi yoki Konsulligi tomonidan ratifikatsiya qilinadi.
14-modda
1. Qatar Davlati Mehnat vazirligining vakolatli boʻlinmasi mazkur Bitim qoidalarining bajarilishini nazorat qilish majburiyatini oladi.
2. Ish beruvchi va Oʻzbekiston Respublikasi ishchisi oʻrtasida mehnat shartnomasidan kelib chiqadigan har qanday nizo yuzasidan shikoyat uni kelishuv yoʻli bilan hal qilish uchun Qatar Davlati Mehnat vazirligining vakolatli boʻlinmasiga yuboriladi. Agar kelishuvga erishilmasa, ushbu nizo Qatar Davlatining vakolatli sud organlariga yuboriladi.
15-modda
Mehnat shartnomasining amal qilishi belgilangan muddat yakuniga yetgan sanada oldindan ogohlantirishlarsiz bekor qilinadi. Agar ish beruvchi shartnomani davom ettirishni xohlasa, u shartnoma muddati tugashidan kamida oʻttiz (30) kun oldin Oʻzbekiston Respublikasining ishchisiga shartnomani uzaytirish istagi toʻgʻrisida yozma ravishda xabar berishi shart.
16-modda
Oʻzbekiston Respublikasi ishchisi Qatar Davlatida amal qiladigan moliyaviy qoidalarga muvofiq ish haqidan oʻz jamgʻarmalarini oʻtkazish huquqiga ega.
17-modda
1. Tomonlar quyidagi funksiyalarni bajarish uchun har bir Tomonning uch nafardan koʻp boʻlmagan aʼzolaridan iborat qoʻshma qoʻmita tuzadilar:
a) Mazkur Bitimni amalga oshirish uchun ikki hukumat oʻrtasida muvofiqlashtirish va bu borada zarur choralarni koʻrish;
b) Mazkur Bitim bilan bogʻliq har qanday nizo yuzaga kelgan taqdirda uning qoidalarmi talqin qilish va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan har qanday qiyinchiliklarni hal qilish;
s) Qatar Davlatida mavjud boʻlgan ish imkoniyatlarini, shu jumladan Qatar Davlatining taraqqiyot rejalari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotni. mazkur rejalar boʻyicha mumkin boʻlgan ish imkoniyatlarini, mehnat turlari va zarur malaka va koʻnikmalarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi ishchilarining ulardan foydalanishga tayyorligini koʻrib chiqish;
d) Zarur hollarda, mazkur Bitimning barcha yoki ayrim qoidalarini koʻrib chiqishni yoki oʻzgartirishni taklif qilish.
2. Qoʻmita har yili bir marotaba, zarur hollarda, ikki mamlakatda navbatma-navbat uchrashuv oʻtkazadi.
18-modda
Mazkur Bitim doirasida delegatsiyalarning tashrifi bilan bogʻliq xarajatlar tashrif buyurayotgan tomon hisobidan va tegishli milliy qonunchilik qoidalariga muvofiq qoplanadi.
19-modda
Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
20-modda
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchilik Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal etiladi.
21-modda
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan yozma shaklda, uning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitimning 22-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
22-modda
1. Mazkur Bitim ikki davlatda mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan barcha huquqiy tartib-taomillar bajarilganligi toʻgʻrisidagi Tomonlardan birining boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnomasi yuborilgan kundan boshlab oʻttiz (30) kun oʻtgach kuchga kiradi.
2. Mazkur Bitim, basharti Tomonlardan biri uni tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda uning tugatilishi yoki dastlabki muddati tugashidan kamida olti (6) oy oldin xabardor qilmasa, uch (3) yil davomida amal qiladi va keyingi shunga oʻxshash davr yoki davrlar uchun avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Ushbuni tasdiqlagan holda, Tomonlar Hukumatlari tomonidan tegishli ravishda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Samarqand shahrida 2023-yilning 6-iyun sanasida, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir. Mazkur Bitimni talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan hollarda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)