25.12.2023 yildagi 3836-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 25.12.2023 yildagi 3836-IV-son
Kuchga kirish sanasi
25.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan savdo-sanoat, transport, yoʻl infratuzilmasi, energetika, qurilish va uy-joy kommunal, shaharsozlik kabi qator muhim sohalardagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, qonun hujjatlari ijrosini doimiy nazorat qilish, saylovchilar bilan tizimli muloqot oʻrnatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita 13 ta qonun loyihasi, shu jumladan 1 ta kodeks loyihasi uchun masʼul boʻlgan, shundan 7 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qonun loyihalarini maromiga yetkazish hamda ularning har jihatdan pishiq va puxta boʻlishini taʼminlash maqsadida ishchi guruhlarining jami 31 ta yigʻilishi tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 10 ta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 4 ta qonun hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganishga hamda 1 ta Qoʻmita qarorining ijrosini monitoring qilishga oid tadbirlar oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek oʻtgan davrda mansabdor shaxslarga muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Qoʻmita taklifiga muvofiq 3 ta parlament soʻrovi yuborildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Qoʻmita tomonidan 2023-yilda Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan 2 ta “hukumat soati”ni yuqori saviyada tashkil etish choralari koʻrildi. Mazkur “hukumat soati” tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. Mirzamahmudov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Mahkamovning Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan berilgan savollarga javoblari eshitildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tomonidan qonun loyihalari muhokamasiga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazishga, tegishli tarmoq va sohalardagi mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan 4 ta davra suhbati, 3 ta seminar, 1 ta xalqaro konferensiya va 1 ta matbuot anjumani oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari doimiy ravishda xalq bilan muloqotda boʻlib, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan jami 612 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlarining hamda qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda yetkazib borish maqsadida ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2 677-marta chiqish qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlili Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan ayrim masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada elektr energiyasi isteʼmoli samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirish, aholiga avtotransport xizmati koʻrsatish sifatini oshirish, eksportni ragʻbatlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilgan va qabul qilingan yangi qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, shu jumladan qonun loyihalarini ishlab chiqish va Qoʻmita aʼzolari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritish borasidagi ishlarni samarali tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, davlat dasturlari hamda Qonunchilik palatasi qarorlaridagi Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan vazifalarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish muhim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda qonun loyihalari va nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazishda, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda kommunal sohada, xususan, aholini ichimlik suvi va issiq suv bilan taʼminlash borasida joylarda olib borilayotgan ishlarning holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish, natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining axborotini Qoʻmitaning kengaytirilgan majlisida eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada elektr energiyasi isteʼmoli samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirish, aholiga avtotransport xizmati koʻrsatish sifatini oshirish, eksportni ragʻbatlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmitaga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish va monitoring natijalarini Qoʻmitada muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni Qoʻmita faoliyat yoʻnalishiga aloqador boʻlgan vazirlik va boshqa davlat organlari tomonidan bajarilishi ahvolini tahlil qilib borish, bu borada ular bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3836-IV-son